Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi “Beyneuskiy” jinoiy guruhini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazdi. Uyushgan jinoiy guruh rahbari va uning 5 nafar faol a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.
11-oktabr kuni Olmaota, Aqtau, Mang‘istau viloyatining Beyneu va Oqjigit posyolkalarida ko‘p bosqichli tezkor ishlanmalar natijasida MXQning “A” maxsus maqsadli xizmati ishtirokida “Beyneuskiy” jinoiy guruhini qo‘lga olish bo‘yicha bir martalik maxsus operatsiya o‘tkazilgan.
MXQ ma’lumotlarida aytilishicha, ushbu jinoiy guruh a’zolari O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasidagi “Tajen” nazorat-o‘tkazish punktida xorijiy fuqarolar va xususiy yuk tashuvchilardan muntazam ravishda pul undirish hamda boshqa og‘ir jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Maxsus operatsiya davomida uyushgan jinoiy guruh rahbari va 5 nafar faol a’zosi qo‘lga olindi. Ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.
Izoh (0)