• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Norvegiyada Putin yaqin do‘stining o‘g‘li hibsga olindi: u ushbu mamlakatda harbiy obyektlarni tasvirga olgani uchun ushlangan yettinchi rossiyalikka aylandi

    Norvegiyada yana bir rossiyalik drondan foydalangani va mamlakat muhim infratuzilmasini tasvirga olgani ehtimoli sababli hibsga olindi. Bu Rossiya fuqarosining shunday qonunbuzarlik uchun to‘rtinchi marta qo‘lga olinishidir. Bu safar u Rossiya temir yo‘llari sobiq rahbari Vladimir Yakuninning o‘g‘li bo‘ldi, deb yozadi BBC.

    Norvegiya politsiyasi

    Norvegiya politsiyasi
    Foto: Getty Images

    47 yoshli erkakning ikkita — Rossiya va Britaniya pasporti borligi aniqlandi. Sud uni ikki haftaga hibsga olish haqida qaror qabul qildi.

    U Rossiya temir yo‘llari sobiq rahbari, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin safdoshlaridan biri — Vladimir Yakuninning o‘g‘li bo‘lib chiqdi.

    “Bu odam Rossiya va Britaniya fuqaroligiga ega, u Norvegiya hududida, Shpitsbergenda dron uchirgani uchun Sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda”, — dedi prokuror Anya Mikkelson Indbyer.

    “Politsiya erkakni 17-oktabr kuni Xammerfestda hibsga oldi, undan dronlar va elektron qurilmalarni musodara qildi, ular hozir tahlil qilinmoqda. Drondagi axborot mazmuni ish uchun katta ahamiyatga ega”, — deya aniqlik kiritdi u.

    Boshqa hibslar

    Bu Norvegiya shimolida bir hafta ichida dronlardan noqonuniy foydalanganlik yoki maxfiy obyektlarni suratga tushirganlik gumonlari bo‘yicha hibsga olish bilan bog‘liq to‘rtinchi holatdir. Rossiya fuqarolariga Norvegiya havo hududida, shu jumladan, Shpitsbergenda va quruqlikdan 12 dengiz mili  masofasida uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.

    Xelgellan okrug sudi 13-oktabr kuni to‘rt nafar rossiyalik — uch erkak va bir ayolni taqiqlangan obyektlarni tasvirga olgani uchun yetti kunga hibsga olgani haqida Meduza xabar bergandi.

    Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Norvegiyaga Finlyandiyadan kelgan rossiyaliklar 11-oktabrdayoq qo‘lga olingan. Rossiya raqamlari o‘rnatilgan avtomobilni ko‘zdan kechirish chog‘ida Rossiya fuqarolari avvalroq tasvirga olish taqiqlangan obyektlarni suratga olayotganida payqab qolishganini aniqlashgan.

    14-oktabr kuni yana bir Rossiya fuqarosi Tromse aeroportida dron bilan ushlangan. U olgan fotosuratlarda, xususan, harbiy vertolyot bo‘lgan. Rossiyalik ikki haftaga hibsga olingan.

    11-oktabr kuni Sturskug chegara punktida Rossiya fuqarosi Vitaliy Rustanovich qo‘lga olingan. Uning fotoapparati va ikkita droni musodara qilingan. Rustanovichning o‘zi professional fotograf ekanligini ta’kidlagan va o‘z safari chog‘ida dronlarni shaxsiy maqsadlarda uchirganini aytgan. Prokuror uning oddiy sayyoh bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi, biroq dronlardan foydalanish barcha rossiyaliklarga, ular nimani tasvirga olishidan qat’iy nazar, amal qilishini qo‘shib qo‘ydi.

    Yaxta va Britaniya fuqaroligi

    Ochiq manbalarga ko‘ra, Vladimir Yakuninning Andrey ismli o‘g‘li bor, u 1975-yilda tug‘ilgan, London biznes maktabida va Kolumbiya universiteti biznes maktabida o‘qigan. Ayni paytda u oilasi bilan Londonda yashaydi.

    U Xammerfestda qo‘lga olingan. Sudda u Buyuk Britaniya fuqarosi ekanini va Italiyada yashashini aytgan. Biroq politsiyachilar erkakning yaxtasidan Rossiya pasportini topib olgan. Firebird yelkanli yaxtasi Birlashgan Qirollik bayrog‘i ostida shu yilning yozidan buyon Shpitsbergen atrofida va Norvegiya sohillari bo‘ylab suzib yurgan.

    “U drondan foydalanganini tan oldi, biroq bu noqonuniy ekanini bilmagan. U Buyuk Britaniya fuqarosi”, — dedi advokat va sud qarori ustidan shikoyat arizasi berilishini ma’lum qildi.

    Putin do‘stining o‘g‘li

    Biznesmen Vladimir Yakunin — Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin maslakdoshi. 1990-yillarda ular “Ozero” dacha kooperativi ta’sischilari qatorida bo‘lgan. 2014-yilda Qrim qo‘shib olingach, Vladimir Yakunin AQSH Davlat departamenti sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan.

    Uning o‘g‘li Andrey shu yil boshida, Ukrainaga bostirib kirilishiga nisbatan qat’iy qarshilik bildirganidan keyin Rossiya OAVlari og‘ziga tushdi. U hech qachon Vladimir Putinga ovoz bermaganini aytdi.

    Andrey Yakunin — Britaniyaning Venture Investments & Yield Management investitsiyaviy kompaniyasi asoschilaridan biri, ushbu kompaniya Yevropa va Rossiyada mehmonxonalarga investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullangan.

    2017-yilda Forbes VIY Management boshqaruvi ostidagi mol-mulkni 1 milliard dollarga baholagan. Andrey Yakuninning o‘ziga tegishli davlat “Delovoy Peterburg” tomonidan 2020-yilda 20,4 milliard rubl (o‘sha vaqtdagi kurs bo‘yicha 275 million dollar)ga baholangan.

    21.10.2022, 11:31   Izoh (0)   8234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina Xavfsizlik xizmati Lukashenkoni qidiruvga berdi

    21.10.2022, 11:21

    Zelenskiy Rossiya Xersondagi Kaxovka GESda terakt tayyorlayotganini aytdi

    21.10.2022, 10:42

    Rossiyalik deputat ayollarni ham muddatli harbiy xizmatga chaqirishni boshlashni taklif qildi

    21.10.2022, 10:34

    AQSH Qurolli kuchlari atom suvosti kemasi suratini e’lon qildi, odatda u jamoatchilikdan sir tutiladi

    21.10.2022, 10:06

    LG kompaniyasi Rossiyadagi zavodini O‘zbekiston yoki Qozog‘istonga ko‘chirmoqchi — OAV

    21.10.2022, 09:37

    Vyetnamdagi urushga borishni istamagan amerikaliklar, Buyuk Gudinining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘richak va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi. Kun xron...

    21.10.2022, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.