• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vyetnamdagi urushga borishni istamagan amerikaliklar, Buyuk Gudinining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘richak va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi. Kun xronologiyasida 21-oktabr

    21-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Vyetnamdagi urushga borishdan bosh tortgan amerikaliklarning norozilik namoyishlari, dunyoga mashhur ko‘zboyloqchining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘richak va o‘zbek tilida davlat tili maqomining berilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Pentagonga yurish” — Vyetnamdagi urushga qarshi aksiya

    1967-yilning 21-oktabr kuni AQSHda Vyetnam urushiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan bo‘lib, u tarixda “Pentagonga yurish” nomini olgan. Mamlakat aholisi tomonida keng ko‘lamli noroziliklar asli 1964-yilda boshlanib, bir necha yil davom etgan va jamiyat, madaniyat, san’at hamda siyosatga katta ta’sir ko‘rsatgan.

    Bostondagi sudga yig‘ilgan olomon chaqiruv guvohnomasini yoqib yuborgan 18-yoshli Devin Densonga yaqinlashmoqchi

    Bostondagi sudga yig‘ilgan olomon chaqiruv guvohnomasini yoqib yuborgan 18-yoshli Devin Densonga yaqinlashmoqchi
    Foto: AP Photo

    AQSH 1965-yilda Vyetnamdagi harbiy mojaroga to‘laqonli aralashishni boshlagan. Mamlakatda e’lon qilingan safarbarlik norozilik namoyishlari to‘lqinini yuzaga keltirgan. Bunda nafaqat harbiy xizmatga chaqiruv fakti, balki uning tashkillashtirilish jarayoni ham tanqid qilingan. Chaqiriluvchilar mahalliy komissiyalar kvotasi bo‘yicha tanlangan bo‘lib, ularning obyektivligi shubha ostida bo‘lgan. Odamlar aholining asosan o‘ziga to‘q qatlami urushga chaqirilmayotganini aytgan. Bunga javoban chaqiruv qog‘ozlarini olganlar ularni ommaviy ravishda yoqishga tushgan. Ushbu qadamni barcha ham ma’qullamagan.

    Chaqiruv qog‘ozlarining yoqilishi orqali Vyetnamdagi urushga qarshilik bildirish shu qadar keng tarqalganki, AQSH Kongressi “ularni qasddan yoqish yoki buzish” haqida javobgarlikni ta’minlovchi o‘zgartirishni qabul qilishga majbur bo‘ladi. Mazkur qarorni AQSH Oliy sudi orqali so‘z erkinligi bekor qilishmoqchi bo‘lishgan. Sud jazoni qonuniy deb topgan, ammo namoyishchilarni bu to‘xtatmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning kamida 570 ming aholisi Vyetnamdagi urush vaqtida chaqiruv tartibini buzgan deya topilgan, ammo ularning faqat 8,5 ming nafariga ayblov e’lon qilingan bo‘lib, yarmi ham sudgacha yetib bormagan.

    Foto: Getty Images

    Ayrim amerikaliklar urushdan qochish maqsadida Kanadaga ketgan. Vyetnamga borishni istamagan amerikaliklar mashhur “Bola va uni parvarishlash” kitobi muallifi doktor Benjamin Spok ham konsultatsiya bergan. Spok bu ishi uchun sudga jalb etilgan.

    Bostondagi federal sud binosidan chiqayotgan Benjamin Spok

    Bostondagi federal sud binosidan chiqayotgan Benjamin Spok
    Foto: AP Photo

    Vyetnamdagi urush va norozilik namoyishlari siyosiy hayotga ta’sir ko‘rsatmay qolmasdi. Ular 1968-yilgi prezidentlik kampaniyasining asosiy mavzusiga aylangan. Ishtirokchilardan biri prezident Jon Kennedining ukasi Robert Kennedi bo‘lgan. Prezidentlik kampaniyasi davomida Kennedi Vyetnamdagi urushni to‘xtatishni yoqlagan va afroamerikaliklarga teng huquqlilikni ta’minlashni va’da qilgan. O‘z navbatida Robert Kennedi chaqiriluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra jarima evaziga xizmatdan bosh tortish imkoniyatini taqdim etish taklifini bildirgan.

    Foto: AP Photo

    AQSHning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan keyin Vashingtonda ko‘p ming kishilik marsh bo‘lib o‘tgan. U mamlakat tarixidagi urushga qarshi eng yirik namoyishga aylangan.

    1969-yilning oxirida AQSHda chaqiruv tizimi o‘zgartirilgan. Dekabrda birinchi chaqiruv lotereyasi tashkil etilgan. U to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali translyatsiya qilingan. Avvaliga barabandan olingan kapsula orqali chaqiruvchilarning tug‘ilgan yili tanlangan. Birinchi bo‘lib, tartib raqami 258 (14-sentabr) kapsulasi olingan — bu 1944-1950-yillarda aynan shu sanada tug‘ilgan erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishini bildirgan. Tug‘ilgan kunlar taqsimlab bo‘lingach, alifbo bo‘yicha qur’a tashlanib, chaqiriluvchilarning navbati tuzilgan.

    Foto: AP Photo

    1973-yilda Vyetnamdagi urushni to‘xtatish va mamlakatda tinchlikni qayta ta’minlash bo‘yicha Parij bitimi imzolangan. AQSH va Shimoliy Vyetnam delegatsiyalariga rahbarlik qilgan Genri Kissinjer va Le Dik Txo bitimni imzolaganidan keyin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

    Foto: AP Photo

    Parij bitimiga ko‘ra, AQSH Vyetnamdagi qo‘shinlarini 60 kunda olib chiqib ketishi kerak edi. 1973-yilning 29-martida Amerikaning so‘nggi bo‘linmasi Vyetnamni tark etgani ma’lum qilingan.

    Buyuk Gudinining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘richak

    1926-yilning 21-oktabr kuni amerikalik ko‘zboyloqchi Garri Gudini tomoshabindan qorniga urishni so‘ragan. Oradan 10 kun o‘tgach, u olgan zarbasi oqibatida vafot etgan. Aslida uning o‘limiga nima sabab bo‘lgandi?

    Foto: Dov-tv

    Asl ismi Erik Vays bo‘lgan Garri Gudini butun dunyoga ko‘zboyloqchi, har qanday zanjirlardan qutulishga qodir usta sifatida tanilgan.

    Erik Vaysning 1926-yil 31-oktabrda vafot etishi butun dunyoda sensatsiyaga aylangan. O‘sha vaqtda okeanning narigi tomonidan ehtiyotkor optimizm hukmron edi. Masalan, 1926-yilda Niderlandiyada birinchi eskalator yaratilgan. Shunga qaramay, odamlar qashshoqlikda kun kechirar, Gitler va Mussolini dunyo siyosatida birinchilik uchun kurashardi. Bu Klod Mone vafot etgan va Merilin Monro tug‘ilgan yil edi. Yevropa uddalab bo‘lmas ishning o‘zi yo‘qdek ko‘ringan Amerikaga hasad bilan qaragan.

    Erik Vays Charli Chaplin, Sten Lorel va Oliver Xardi kabi Amerikaga shunday tushkun kayfiyatli davrida biroz bo‘lsa-da zavq-shavq ulashib kelgan; birgina farq, ko‘pchilik uning haqiqiy ismini bilmagan. Ammo oyoqlariga zanjir bog‘langan holda qutiga joylanib, Nyu-Yorkdagi portlardan birida suvga tashlangan Garri Gudinini barcha tanirdi. U hatto bronza tobutga dafn etilganida ham undan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

    Foto: Dov-tv

    Vays bir vaqtning o‘zida ko‘zboyloqchi, akrobat va polvon edi. Masalan, u qornining mushaklari har qanday zarbaga bardosh bera olishini aytib, tomoshabinlardan buni sinab ko‘rishni taklif etib kelgan. Uzoq vaqt shu kabi zarbalardan biri Gudini o‘limiga sabab bo‘lgan, deya hisoblab kelingan. Ammo dunyoga mashhur ko‘zboyloqchi shifokor konsultatsiyasini olmaganidan vafot etgan.

    Gordon Uaytxed, Jak Prays va Sem Smilovis ismli uch nafar kanadalik talaba Gudinining grimxonasiga kelib, rostdan ham qorni har qanday zarbaga bardosh bera olish-olmasligini so‘ragan. Gudini Uaytxedga buni sinab ko‘rish taklifini bildirgan. U esa Vaysning qorin qismiga ketma-ket bir nechta zarbani amalga oshirgan. Qolgan ikki yigit keyinchalik Gudini bunday kuchli zarbalar qorin mushaklarini tarang qilishga ulgurmay, qattiq og‘riqdan divanga yotib qolgan.

    Ertasi kungi tomoshadan keyin Erik Vays poyezdda Detroytga yo‘l olgan — ikki kundan keyin shaharda uning chiqishi bor edi. Biroq ko‘zboyloqchi o‘zini yomon his qilgan va shifokorga konsultatsiya so‘rab, telegramma yuborgan. Ammo Detroytga kelganida, aftidan bunga vaqt ajrata olmagan. U isitmasi chiqqan holda umridagi so‘nggi tomoshasini ijro etgan.

    Foto: Dov-tv

    Detroytddagi jarroh Gudinining qornini qo‘llari bilan ushlab ko‘rib ham tashxisni qo‘ya olardi. Bu insoniyatni yillar davomida qiynab kelgan ko‘richak edi. Erik Vays Monrealdaligida shifoxonaga yo‘l olganida omon qolgan bo‘lishi mumkin edi. Shunday qilib, u uch kundan keyin operatsiya qilingan. Jarroh qorin pardasi yallig‘langanini aniqlagan, shu bilan birga, parda to‘liq yiring bilan qoplangan. Operatsiya foyda bermagach, to‘rt kundan keyin uning qorni yana ochilib, tozalangan. Ammo bu ham ijobiy natija bermagan, oradan uch kun o‘tgach, Gudini 52 yoshida vafot etgan. U Nyu-Yorkdagi Kuins tumanida doim tryuklarida foydalanib kelgan bronza tobutga dafn etilgan. Buyuk Gudinining o‘limiga oddiy ko‘richakning yallig‘lanishi sabab bo‘lgan.

    O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi

    O‘zbek tili rasman davlat tili maqomini olganiga 33 yil to‘ldi. 1989-yil 21-oktabr kuni O‘zSSR Oliy Soveti “O‘zSSRning davlat tili haqida”gi qonunni qabul qilgan edi. Ushbu tarixiy voqea O‘zbekistondagi rasmiy targ‘ibot tomonidan mamlakatning SSSRdan mustaqilligi yo‘lida qo‘yilgan dastlabki jiddiy qadam, deb tilga olinadi va keng tantana qilinadi.

    Foto: Citizen Journalist

    Qonun o‘zbek tili butun O‘zbekiston bo‘yicha davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab, ish yuritishda, davlat organlariga murojaat qilishda o‘zbek tilining mavqeyini birinchi o‘ringa olib chiqqan. Ayni chog‘da SSSR qudratda bo‘lgan vaqtda yozilgan bu qonunda o‘zbek tilining mavqeyi rus tili bilan teng kelgan o‘rinlar ham bor edi, ko‘p qatorlarda rus tili “millatlararo muomala tili” deb ehtiyotkorona niqoblangan. Boz ustiga, ba’zi tashkilotlarda, masalan, O‘zbekiston hududidagi harbiy qismlarda o‘zbek tilining amalda bo‘lmasligi qonunning o‘zida yozib qo‘yilgandi.

    O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, 1995-yili davlat tili haqidagi bosh hujjat yangilangan. Qonun matni ham, moddalar soni ham qisqardi, undagi “rus tili” va “millatlararo muomala tili” birikmalarining har biri bir donagacha kamaydi.

    O‘zbekiston rahbariyati mustaqillikka roppa-rosa ikki yil to‘lganidan bir kun o‘tib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan. Qonun “o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929—1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda” O‘zbekistonning har taraflama kamol topishi va “jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishiga xizmat qilishi”ni ko‘zlab qabul qilingan.

    1989-yil 20–21-oktabr kunlari Toshkentda o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekis­ton SSR Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiyada SSSR xalq deputatlari – Odil Yoqubov hamda Abdulla Oripov so‘zga chiqqandi.

    Ko‘chirma:

    Odil Yoqubov: – Hurmatli deputatlar!

    Biz bugun tarixiy kunda tarixiy qonunni qabul etish uchun to‘plandik. Yana aytaman: “tarixiy” degan so‘zga urg‘u berishim, bu balandparvozlik, dabdaba belgisi emas. Bu kunimizning, anjumanimizning, qabul qilayotgan qonunimizning nechog‘li darajada qonuniy bo‘lishi bizning aql-idrok darajamizga bog‘liq. Bugun qabul qilayotgan qonunimizni, aytaylik, 50 yildan so‘ng avlodlarimiz qanday baholaydilar, minnatdorlik bilan eslaydilarmi yo ta’na-malomatlar bilan tilga oladilarmi? Umuman, bu qonun o‘zgarmas holda yarim asr yashay oladimi yo ko‘p o‘tmay tahrirlar, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritila boshlanadimi? Biz hammamiz ana shu savollarga javob berishimiz va qabul qilingan qonun uchun mas’ullikni zimmaga olishimiz kerak.

    SSSR xalq deputati Abdulla Oripov esa tilimiz ikkinchi va undan keyingi o‘rinlarga tushib qolgani, o‘zbek tilining lug‘at boyligi keskin g‘ariblashganini aytib o‘tadi. Ba’zi odamlarning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishiga birmuncha hadiksirab qarayotgani zamirida xudbinlik, o‘zini o‘ylash borligini ta’kidlaydi. “Modomiki, men ham ona tilimda she’r yozib, qalam haqi olib yurgan ekanman, kambag‘allashib qolgan onajonimga baholi qudrat yordam berishga burchliman.

    Ko‘chirma:
    Abdulla Oripov: – Biz ayni chog‘da muhim tarixiy hujjatni muhokama qilayotirmiz. Chunki masalaning ildizi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ona tilimizning obro‘-e’tibori uchun kurash besh asr muqaddam ham mavjud bo‘lib, u Alisher Navoiyning umr mazmuniga aylangan edi. Xalqimizni yakqalam qilguncha fidoyi shoirimizning sochi oqarib ketmaganmidi? Ona tilimizni g‘oyat ardoqlagan Bobur hatto o‘zi bosib olgan chet o‘lkalarda ham o‘z tilini tiqishtirmadi, balki, tanholikda bo‘lsa-da, o‘zi bilan o‘zi gaplashib, o‘zbek turkiy tilimizning rivojiga asarlari bilan bebaho hissa qo‘shdi.

    O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi har kimning o‘z ota-onasi qo‘ygan ismi singari tabiiy bir ko‘rinishdir. Biz jahondagi qadimiy bir tilning taqdiri haqida o‘ylayapmiz. Biz yaqin 10—15 yil ichida emas, balki 100 yillardan narida tilimizning holi nima kechadi, avlodlarga biz nimani meros qilib qoldiramiz – shu haqda o‘ylayotibmiz. Bizning ro‘paramizda bamisoli rangpar bir bemor turibdi, uni oyoqqa turg‘aza olamizmi yoki yo‘qmi? Gap ana shu haqida borayotir.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSH xalqining nafratiga uchragan Kennedi xonim, Rossiyada 66 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan futbol uchrashuvi va Muammar Kaddafining o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 20-oktabr

    21.10.2022, 09:30   Izoh (0)   53179
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rossiya ukrainaliklar qishda mamlakatni tark etishi uchun energetika tizimlarimizga zarba bermoqda” — Zelenskiy

    21.10.2022, 09:11

    Yevropa Ittifoqi va Janubi-sharqiy Osiyoning 10 ta davlati Rossiya va Xitoyni qoralovchi bayonot tayyorlamoqda

    21.10.2022, 08:24

    Yangi Zelandiya hukumati rasmiy hujjatlarda murakkab so‘zlardan foydalanishni taqiqlamoqda

    20.10.2022, 23:10

    Niderlandiyalik siyosatchi Putinni Gaaga sudi kutayotganini ta’kidladi

    20.10.2022, 21:00

    AQSH Ukraina infratuzilmasini tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzdi

    20.10.2022, 20:34

    Yevroittifoq 3 nafar eronlik general va dron ishlab chiqaruvchi Shahed kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

    20.10.2022, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xiaomi o‘ta yupqa va magnit bilan yopishadigan yangi poverbank taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 may, 16:55

    Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 31 may, 16:45

    Samarqandda “tomosha ko‘rsatgan” qozog‘istonliklar xalqdan uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 16:20

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.