• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo kundaligi”da 18-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 18-oktabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Oliy Radaga Eron bilan diplomatik aloqalarni uzish va respublikani “terrorizm homiysi” deb tan olish haqidagi qonun loyihasi kiritildi

    Ukrainalik deputat Aleksey Goncharenko Oliy Radaga Eron bilan diplomatik aloqalarni uzish va respublikani “terrorizm homiysi” deb tan olish haqidagi qonun loyihasini yo‘naltirganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z Telegram kanalida yozgan.

    Bundan tashqari, u parlamentga BMT, Yevroparlament, Yevropa kengashi Parlament assambleyasi, NATO va boshqa xalqaro tashkilotlarga, shuningdek, uchinchi mamlakatlar hukumatlariga murojaat qilib, Eronni terrorizm homiysi deb tan olishga va unga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishga chaqirishni taklif etdi. 17-oktabr kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eronni Rossiyaga qurol yetkazib berishda ayblagandi.

    The Washington Post nashri da’vo qilishicha, Rossiya Federatsiyasi, go‘yoki, Eron bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish haqida yangi kelishuvlar imzolagan, ular doirasida Rossiya qo‘shinlari birinchi marta “yer-yer” sinfidagi Eron ballistik raketalari va uchuvchisiz uchar qurilmalar partiyasini qabul qilib oladi.

    Ayni paytda Estoniya parlamenti Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb e’lon qildi. Bu haqda Riygikogu (parlament) saytida ma’lum qilingan.

    Ukraina Oliy Radasi Ichkeriya suverenitetini tan oldi

    Ukrainada Oliy rada Ichkeriya suverenitetini tan oldi, parlament qarorini 287 nafar xalq deputatlari qo‘llab-quvvatladi. Hujjatda chechen xalqiga nisbatan amalga oshirilgan genotsid qoralanadi va Checheniston Ichkeriya Respublikasi suvereniteti tan olinadi hamda u Rossiya tomonidan BMT Ustaviga zid holda qurolli tajovuz natijasida vaqtinchalik bosib olingan hudud deb e’tirof etiladi.

    Shuningdek, Ukraina parlamenti a’zolari BMT davlatlari va xalqaro tashkilotlarni “vaqtinchalik bosib olingan Checheniston Ichkeriya Respublikasi hududida amalga oshirilgan xalqaro jinoyatlar tegishlicha va xolisona tekshirilishini ta’minlab, aybdorlarni javobgarlikka tortish”ga chaqirdi.

    Kreml butun mamlakat bo‘ylab safarbarlik yakunlanishi masalasiga oydinlik kiritdi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun mamlakat bo‘ylab safarbarlikni yakunlash haqida hozircha qaror qabul qilgani yo‘q, deya ma’lum qildi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

    Jurnalistning Putin Moskva va Podmoskovyedan o‘rnak olgan holda butun mamlakat bo‘ylab qisman safarbarlikni tugatishni rejalashtiryaptimi, yo‘qmi mazmunidagi savoliga javoban  shunday dedi: “Hozircha bunday qaror bo‘lgani yo‘q. Bilasizmi, Mudofaa vazirligi tomonidan har bitta hudud uchun safarbar etiluvchilar soni bo‘yicha ko‘rsatkichlar belgilangan. Va hududlar safarbarlik vazifalari bajarilganini ma’lum qilmoqda.

    Shu tariqa qisman safarbarlik jarayonining o‘zi bu vazifa amalga oshirilgan hududlarda to‘xtatilgan. Safarbarlikni yakunlash bo‘yicha prezident farmoniga kelsak, u hozircha yo‘q”. Peskovning aytishicha: “Putinning farmonida 300 ming kishini safarbar qilish nazarda tutilgan va bu raqamlar oshmaydi”

    Mask: “SpaceX Ukrainada Starlink faoliyatini moliyalashtirish haqida Pentagonga yuborgan so‘rovini qaytarib oldi”

    SpaceX kompaniyasi AQSH Mudofaa vazirligiga Ukrainada Starlink terminallari faoliyatini moliyalashtirish haqida kiritgan so‘rovini qaytarib oldi. Bu haqda kompaniya egasi Ilon Mask ma’lum qildi.

    Oq uy Starlink Ukraina uchun muhim ekanini tushunishlarini bildirib, “Ukraina tomoni aytayotgan bu ehtiyojlarni yaxshiroq ta’minlash” variantlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.Mask ayni vaqtda Rossiya Ukrainada Starlinkni “o‘ldirishga” urinayotganini, chunki bu tarmoq — jangovar harakatlar zonasida ishlashda davom etayotgan yagonasi ekanini aytdi. “Uni himoya qilish uchun SpaceX juda katta resurslarni yo‘naltirdi. Hatto shunday holatda ham Starlink baribir o‘lishi mumkin”, — dedi biznesmen.

    Avvalroq Ilon Mask Qrimning Rossiya uchun muhimligini ta’kidlab, yadro urushi xavfidan ogohlantirgan edi. “Birovga yoqadimi, yo‘qmi, Qrim Rossiya tomonidan mutlaqo mamlakatning asosiy qismi sifatida ko‘riladi. Qrim janubiy dengiz bazasi bo‘lgani sababli Rossiyaning milliy xavfsizligi uchun ham juda muhim. Moskva nuqtayi nazari bo‘yicha Qrimning boy berilishi Qo‘shma Shtatlar uchun Gavayi va Perl-Harborni yo‘qotish bilan barobar”, — dedi u.Amerikalik tadbirkor yadro quroli borasida ham o‘z fikrini bildirdi va yadro urushi xavfidan ogohlantirdi.

    “Agar Rossiya o‘z armiyasini yo‘qotib, NATOdan to‘liq mag‘lubiyatga uchrasa, u yadro qurolidan foydalanadi, keyin NATO yadro quroli bilan javob beradi va shu bilan sivilizatsiya tugaydi”, — deb da’vo qildi Mask.

    Toshkent havosining sifatsizligi va zararliligi bo‘yicha dunyoda bugun ham 1-o‘rinda

    Ayni paytda Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Ammo shahar havosi iflos va sifatsizligi bo‘yicha 18-oktabr soat 12:33 holatiga dunyoda 1-o‘rinda turibdi. Bu haqda AQSHning Havo sifati indeks platformasi reytingi xabar bermoqda.

    Platformada Toshkent havosi 168 birlik, ya’ni inson sog‘lig‘i uchun zararli darajada qayd etilgan. Mutaxassislar 151 birlikdan 200 birlikkacha bo‘lgan havo sifatini salomatlik uchun zararli degan xulosa bergan. Agar bu ko‘rsatkich 201 dan 300 gacha bo‘lsa, juda zarurli, 300 birlikdan oshganda esa xavfli nuqtaga yetadi. Kecha, 17-oktabr kuni soat 22:00 holatiga poytaxtda havoning ifloslanish darajasi 288 birlikka ko‘tarilgandi.

    18.10.2022, 22:01   Izoh (0)   11499
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorodagi yoqilg‘i tarqatish shoxobchasida 550 mln so‘mdan ortiq yoqilg‘i mahsulotlari to‘lovlarsiz berib yuborildi

    18.10.2022, 21:36

    Qashqadaryo XTB o‘quvchilar paxta terimiga jalb etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    18.10.2022, 21:15

    O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi oshiriladi

    18.10.2022, 20:58

    YHXX Toshkentda guvohnomasiz boshqarilayotgan skuter egalari jarimaga tortilayotganiga izoh berdi

    18.10.2022, 20:52

    “Rossiyadan kelgan emigrantlar tartib-qoidalarimizga amal qilishga va o‘z fikrini ichga yutishga majbur” — siyosiy tahlilchi

    18.10.2022, 20:44

    Andijonlik tadbirkor viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    18.10.2022, 20:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.