• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rossiyadan kelgan emigrantlar tartib-qoidalarimizga amal qilishga va o‘z fikrini ichga yutishga majbur” — siyosiy tahlilchi

    Fevral oyida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlangan dastlabki kunlarda ruslarning bir qismi o‘z mamlakatini tashlab chiqib ketishni boshlagandi. Sentabr oyida e’lon qilingan safarbarlikdan so‘ng urushdan qo‘rqqan Rossiya fuqarolari mamlakatni ommaviy tark etmoqda. Xabarlarga ko‘ra, davlatdan chiqib ketgan fuqarolar soni 1 millionga yaqinlashib qolgan.

    Rossiyaliklarning ko‘pchiligi O‘zbekistonga ham keldi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida qariyb 395 ming nafar Rossiya fuqarosi sayohat maqsadida mamlakatga kelgan.

    Rossiyadan kelayotgan emigrantlarning o‘zbek jamiyatiga qanday ta’siri bo‘ladi, ular qanchalik jamiyatga moslashib keta oladi? Shu xususida siyosiy tahlilchi Aziz Baratov “Daryo” muxbiriga intervyu berdi.

    Nega aynan Markaziy Osiyo?

    Avvalambor masalaning tub mohiyatiga keladigan bo‘lsak, bu Rossiya fuqarolari e’lon qilingan safarbarlik natijasida nima uchun aynan Markaziy Osiyo mamlakatlarini, jumladan, MDH davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlarini tanlashdi? Buning yaqqol sababi bor. Mana shu mamlakatlarga vizasiz, ortiqcha hujjatlarsiz kirish imkoni mavjud. Qozog‘istonga Rossiya fuqarolari aynan o‘zlarining ichki pasportlari, ya’ni Rossiya hududida amal qiluvchi ichki pasportlari orqali, o‘zimizning tilda aytganda, “zagranpasport”siz bemalol kirib-chiqish imkoniyatiga ega. Shuning uchun mobilizatsiyadan qochishga tezroq ulgurib qolish uchun aynan Rossiya fuqarolari mazkur mamlakatlarni tanlashdi.

    Infratuzilmaga keladigan bo‘lsak, infratuzilmada birmuncha o‘zgarishlar kuzatildi. Uy-joy bozorida birmuncha siljishlar kuzatildi. Aytaylik, narxlarning sun’iy oshirilishi, nafaqat ijara narxlarini balki uy-joy narxlarini ham birmuncha oshdi. Endi bu iqtisodiy ma’noda talab va taklif ustiga qurilgan iqtisodiy tendensiya deyish mumkin. Qolaversa, bu yerda aynan “tadbirkorlar”ni mavjud imkoniyatdan foydalanib qolish, ya’ni biror bir muammoda, xalqni dardidan pul ishlash desa noto‘g‘ri bo‘lmaydi.

    O‘zbekistonning turistik salohiyati Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida yuqori bo‘lishiga qaramay, aynan joylashtirish resurslari ya’ni mehmonxona, hostellar, mehmon uylarini ham to‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Va bu ayni hozir turizm mavsumida kuzatilayotgani ham birmuncha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Boisi kuzning sentabr, oktabr oylari mamlakatga turizm oqimini ko‘tarilishi kuzatiladi. Shu bilan birga Rossiya fuqarolarini O‘zbekistonga kelishi va ularda uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj haqiqatan ham narxlarni oshishiga, uy-joylarning yetishmovchiligiga sababchi bo‘ladi.

    Aziz Baratov

    Aziz Baratov
    Foto: Dilruh Isomiddinova / “Daryo”

    Mehmondo‘stlik tajribasi

    Kelgan fuqarolar bilan mahalliy aholini suhbati jarayonida turli xil ilmoqli savollar bilan Rossiya fuqarolariga murojaat qilishlarini guvohi bo‘ldik. Bu O‘zbekistonda emas, ayrim mamlakatlarda Rossiya fuqarolari tanlagan boshqa mamlakatlarda shunaqangi savollar kuzatilganligini shaxsan o‘zim guvohi bo‘ldim.

    O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, xalqimizni boshqa millatlar bilan hamjihatlikda yashash tajribasi yuqori. Aynan biz, men shaxsan o‘zim aytishim mumkin, ko‘p millatli mahallada voyaga yetganman, do‘stlarimni orasida, sinfdoshlarimni orasida boshqa millatga mansub - rus, ukrain, arman, ozarbayjon kabi ko‘plab millatlar bo‘lgan. Ular bilan biz hamjihatlikda, do‘stlikda yashaganmiz. Haligacha do‘stlik aloqalarini saqlab qolganmiz, gaplashib turamiz. Bizni mamlakatda bunaqangi holatlar jiddiy tus olishi mumkin degan fikrda emasman.

    Ksenofobiya

    Ksenofobiya degan atama bor, buni biz Rossiyada qaysidir muddat kuzatganmiz. Ksenofobiya odatda biror bir boshqa xalqlarning o‘zga yurtga kelishi, mamlakatda ko‘payishidan mahalliy aholida xavotir uyg‘onishi va ularga nisbatan birmuncha negativ munosabatni shakllanishi bilan kuzatiladi. Bu har bitta mamlakatda u yoki bu ko‘rinishda kuzatiladi. Lekin men bu narsadan iloji boricha foydani qidirishga harakat qilgan bo‘lar edim. Masalan, Rossiyadan kelayotganning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qiladi. Ular biror mutaxassislik yoki tajribaga ega bo‘lgan yoshlar bo‘lishi mumkin. Mazkur yoshlardan mutaxassis sifatida u yoki bu sohalarda foydalanish bu foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.

    Ularni mamlakatda ko‘p vaqt qolishi haqiqatdan ham birmuncha tarangliklarga olib kelishi mumkin. Bu qaysi ma’nodaki, kelgan insonlar bu yerda biror bir provokatsion harakatni yoki qonunbuzarlik harakatini, yoki ularning o‘zida kechayotgan millatchilik deymizmi, shunga o‘xshagan harakatlarni amalga oshirgan taqdirdagina mahalliy aholi tomonidan biror bir javob bo‘lishi mumkin.

    Menimcha, agar ular qonunni buzishmasa, biror bir provokatsion harakatlarni yoki biror bir narsadan nohaq norozilik kayfiyatini yoki boshqa millatni kamsitish harakatlarini olib borsa, boya aytganimizdek bag‘rikeng xalqimiz hamisha hamjihatlikda yashashga tayyor.

    Foto: Dilruh Isomiddinova / “Daryo”

    Iqtisodiy nuqtayi nazardan shuni aytish mumkinki, ular quruq qo‘l bilan kelishmagan, moliyaviy mablag‘lar bilan kelishgan. Bu o‘z navbatida valyuta oqimini birmuncha jadallashishiga ham olib keladi.

    Ko‘p qolib ketishga keladigan bo‘lsak, haqiqatan ham urushni qachon tugashi noma’lum. Lekin aniq bilamanki, urush qanday natijada yakun topishidan qat’i nazar, baribir ular o‘z vatanlariga ertami kechmi jo‘nab ketishadi. Bunga biz tabiiy hol sifatida qarashimiz va bu holatdan foyda olib qolishimiz lozim. Nafaqat mutaxassislar sifatida, iqtisodiy omil sifatida balki madaniyatlar almashinuvida ham foyda olib qolishni o‘ylash foydali.

    Ular majbur

    Afsuski bizni gastarbayterlar Rossiyada mehnat faoliyati davomida o‘zlarini birmuncha noto‘g‘ri tomonidan yoki salbiy tomondan ko‘rsatib qo‘ygan holatlar bo‘lishi mumkin. Shu holatlar orqali O‘zbekistonga hayotida kelmagan, o‘zbekni haqiqatda qanday xalq, qanday millat ekanligini, uni tarixini bilmagan aholi biror bir fikr tug‘dirgan bo‘lishi mumkin. Buni ham biz ijobiy tomonga o‘zgartirishga harakat qilishimiz, haqiqatdan ham o‘zbek xalqi o‘zi qanaqa millat, qanaqa xalq sifatida biz aynan ularga namuna ko‘rsatishimiz kerak va ulardagi yanglish fikrlarni olib tashlash tarafdoriman.

    Ikkinchi jihatdan, ular hozircha mana shu mamlakatda yashashga majbur. Xohlasa ham, xohlamasa ham bizni mahalliy qonunlarga rioya qilishga va mazkur mamlakatni tartib-qoidalariga amal qilishga va o‘zini fikrini ichiga yutishga majbur.

    Biror bir mamlakatga kelgan inson o‘zini ichidagi nafratini, biror bir joyga, biror bir insonga bo‘lgan nafratini ochiq-oydin hech kim bildira olmaydi. Bunaqa holat ongsiz, aqlsiz odamni ishi deb bilaman. Baribir mehmon kelganda mezbonni qonun qoidalariga amal qilishga majbur bo‘ladi.

    Mavzuga doir: “Safarbarlikdan qochgan rus fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelgani qimmatchilikka olib keldi, ijara narxlari oshib ketdi” — “Daryo”da kichik so‘rovnoma

    18.10.2022, 20:44   Izoh (0)   17659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonlik tadbirkor viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    18.10.2022, 20:34

    BAAning Masdar kompaniyasi Sherobodda quyosh elektr stansiyasini qurmoqda

    18.10.2022, 20:22

    “Yiliga 1 mln dollar daromad olishni rejalashtiryapmiz”. Qashqadaryolik tadbirkor lalmi va qaqragan yerdan ham daromad olish mumkinligini aytmoqda

    18.10.2022, 19:57

    Navoiyda o‘zini 3-qavatdan tashlagan bemor halok bo‘lgan: SSV holat bo‘yicha ma’lumot berdi

    18.10.2022, 19:34

    Isroilda vaqtinchalik ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

    18.10.2022, 19:27

    Raqamlashtirish, 600 mingta ish o‘rni, eksportni 2 milliard dollarga yetkazish: prezident agrar soha bo‘yicha topshiriq berdi

    18.10.2022, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.