Estoniya parlamenti Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb tan oldi
Estoniya parlamenti Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb e’lon qildi. Bu haqda Riygikogu (parlament) saytida ma’lum qilingan.
“Riygikogu Rossiya rejimini terrorchi rejim, Rossiya Federatsiyasini esa terrorizmning homiysi deb e’lon qiladi, ularning harakatlari birgalikda rad etilishi kerak. Riygikogu xalqaro hamjamiyatni shu kabi deklaratsiyalarni qabul qilishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda.
Estoniyalik deputatlarning hech biri qarshi ovoz bermagan.
Mavzuga doir: AQSH Kongressida Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olish bo‘yicha qonun loyihalari taqdim etildi
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar