Buxoro viloyatining Kogon tumanida yoqilg‘i moylash materiallari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kogon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.N.” MCHJga qarashli fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchasi moddiy javobgar shaxslari tomonidan jami 270,3 million so‘mlik yoqilg‘i moylash materiallari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu MCHJ mas’ul shaxslari tomonidan “S.S.” va “T.I.” MCHJlarga jami 550,7 million so‘mlik yoqilg‘i mahsulotlari asossiz ravishda oldindan to‘lovlarsiz berib yuborilib, talon-taroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)