Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo” so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007-yilda tug‘ilgan T.D. 21-sentabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Shundan so‘ng uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan.
Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bolaning jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan. Bolaning kanaldan jasadi oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)