Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Otabek Sultonbekov Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bunga qadar ushbu lavozimda 2021-yilning fevralidan buyon Zuhra Mirg‘oziyeva ishlab kelayotgandi.

Otabek Sultonbekov 1986-yilda Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2013-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)