Toshkent shahrida 10-sentabrdan 10-oktabrga qadar “Toza havo” oyligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu oylik doirasida Toshkent shahar Ekologiya va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida poytxatga kirib keluvchi 6 ta yo‘l patrul maskanlarida monitoring o‘rganish tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlar jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar ramiylashtirilyapti.
Shuningdek, oylikning mazmun-mohiyati yuzasidan haydovchilarga zaruriy tavsiyalar berilib, targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borilmoqda.
Izoh (0)