Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida fuqaro tomonidan daraxtlar kesilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kitob tuman inspektorlari tomonidan ekologik nazorat reyd tadbiri olib borilgan. Nazorat reyd tadbiri davomida tumanning “Beshariq” MFY hududida fuqaro T.F. tomonidan noqonuniy ravishda daraxtlarni kesib tashlaganlik holati aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 1 million 300 ming so‘m jarima hamda 5 million 940 ming so‘m zarar qo‘llanilgan.
Izoh (0)