Buxoroda sodir bo‘lgan YTH sabab velosiped haydovchisi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurullayev xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro tumanining Chorbakr hududidan o‘tuvchi 4N-169 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida yuk avtomobili va velosiped haydovchisi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Yuk avtomobili haydovchisi o‘zidan oldinda qo‘l kuchi bilan harakatlanadigan yangi rusumdagi velosipedni boshqarib borayotgan fuqaroni urib yuborgan. Natijada velosiped haydovchisi, 1945-yilda tug‘ilgan fuqaro R.X. og‘ir tan jarohati olgan. Bemor shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)