Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida mashinalarni guruh-guruh bo‘lib, manyovr bilan boshqarayotgan haydovchilarning videosi tarqalgandi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Video e’lon qilingandan so‘ng ushbu shaxslarni topish choralari ko‘rilayotgandi. Tasvirlardagi barcha haydovchilarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilib, natijasi jamoatchilikka ma’lum qilinishi ham bildirilgan edi.
Ta’kidlanishicha, 9-sentabr kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Urgut tumani sudi tomonidan ushbu shaxslarga oid ish ko‘rib chiqildi.
Bezorilik harakatlarini sodir etib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan 11 nafar haydovchining 8 nafariga 15 sutkadan, 3 nafariga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.