O‘zbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar—iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 125,7 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkichning 2021-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 145,9 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, shu davrda yirik korxonalar tomonidan avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish faqatgina Toshkent shahrida kuzatilib, ishlab chiqarish hajmi 125,7 ming donani tashkil etgan.
Izoh (0)