Ukrainaning Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lib turgan Zaporojye viloyati Melitopol shahrida bosib olingan hududlarda referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi “Biz Rossiya bilan birgamiz” harajati shtabida portlash yuz berdi, deb yozadi Meduza Rossiya nazorati ostidagi ma’muriyat rahbari Vladimir Rogovga tayanib.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Rogov bo‘lib o‘tgan voqeani “terakt” deb atadi va unda Ukrainani aybladi.
Portlash holati haqidagi ma’lumotni Melitopol meri Ivan Fyodorov ham tasdiqladi, u ayni paytda Ukraina nazorati ostidagi hududda qolmoqda. O‘z xabarida u zarar ko‘rgan binoni “Yagona Rossiya” shtabi deb atadi. “Soxta referendumdan yana bir qadam uzoqlashdik”, — deya izoh berdi u.
Ukraina harbiylari hodisani izohlaganicha yo‘q.
Nashr eslatishicha, 5-sentabr kuni uchuvchisiz uchar qurilmalar Energodar shahrida “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati shtabiga hujum qilgan edi. Dronlar urib tushirilgan, jabrlanganlar haqida esa xabar berilmagan edi.
Izoh (0)