• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tehronda “Qora juma”, dog‘istonliklar qasosi — Moskvadagi ko‘p qavatli uyda terakt, Texasdagi shaharni yakson qilgan dovul. Kun xronologiyasida 8-sentabr

    8-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Tehronda podshohga qarshi namoyishlarning boshlanishi — “Qora juma”, Moskvadagi ko‘p qavatli uyda sodir etilgan terakt va Texasdagi butun boshli shaharni yakson qilib yuborgan tabiiy ofatga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Qora juma” — Tehronda podshohga qarshi namoyishlarning boshlanishi

    Bundan 44 yil oldin Eronda podshohga qarshi boshlangan noroziliklar islom inqilobini yuzaga keltirib, nafaqat mamlakat, balki butun dunyodagi neft-gaz sanoatini tubdan o‘zgartirib yuborgan edi.

    “Barqarorlik oroli”

    XX asrning 70-yillarida Eron “kapitalistik iqtisodiyot yutuqlari ko‘rgazmasi” unvoniga haqli ravishda da’vo qilishi mumkin edi. Agrar islohot, ko‘p milliardlik Amerika investitsiyasi va neft qazib olishning jadal o‘sishi (1977-yilda 20 milliard dollardan ortiqni tashkil etgan) mamlakatni iqtisodiyotning barcha asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mintaqadagi yetakchiga aylantirgan. Shu sababli podshoh Muhammad Rizo Pahlaviy “Eron tez orada dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega beshta davlati qatoriga kiradi”, degandi.

    Foto: “Neftianka.ru”

    Foto: “Neftianka.ru”

    Biroq tezkor modernizatsiyaning o‘ziga yarasha salbiy tarafi ham bor edi. Eron uchun ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalardagi beqarorlik xavf tug‘dira boshladi. Neft daromadlari import texnologiyalariga, iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlariga qaramlikni yuzaga keltirdi. O‘z navbatida, import tovarlarining oqimi mamlakatdagi ko‘plab kichik va o‘rta bizneslarni bankrot qilib, shundoq ham qiyin ahvolda bo‘lgan ijtimoiy vaziyatni og‘irlashtirdi.

    Neft va gaz sanoati davlat xazinasining to‘rtdan uch qismini tashkil etgan bo‘lsa-da, mamlakat iqtisodiyotida xuddi bir asr oldingidek an’anaviy hunarmandchilik, gilamdo‘zlik va kichik qishloq xo‘jaligi hamon ustunlik qilardi. Yonilg‘i sanoati Eronning mehnatga layoqatli aholisining yarim foizini ish bilan ta’minlar edi xolos. Eronliklarning uchdan ikki qismi savodsiz va yollanma ishlar bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lardi. Shu sababli Eronda ijtimoiy “portlash”ning yuzaga kelishi tabiiy edi.

    1977-yilning oxirida Eron podshohi sharafiga qadah ko‘targan AQSH prezidenti Jimmi Karter Eronni “tartibsiz dengizdagi barqarorlik oroli” deb ta’riflagandi. Oradan yarim yil o‘tgach, “orolda” tartibsizlik to‘lqinlari yuzaga kela boshladi. Inqiroz Qum shahridagi shialar madrasasidagi talabalar namoyishidan boshlandi. Hukumat mitingchilarni tarqatib yubordi, dastlabki halok bo‘lganlar va yaralangalar paydo bo‘ldi. Oradan 40 kun o‘tgach — shialarning motam marosimi yakunlangach, halok bo‘lganlar xotirasiga o‘tkazilgan namoyishga yanada ko‘proq odam chiqdi. Namoyishlar yana qurol qo‘llanilgan holda tarqatildi, biroq hukumatga qarshi chiqishlar qo‘rqinchli darajada tez-tez takrorlana boshladi. Eng kulminatsion nuqtasi 8-sentabr — “qora juma”ga to‘g‘ri keldi, o‘shanda Tehronda namoyishlarni tarqatish jarayonida 64 kishi halok bo‘lgan.

    Foto: “Neftianka.ru”

    Foto: “Neftianka.ru”

    Podshohning qulashi

    1978-yilning oktabrida Eron ish tashlash e’lon qilgan 40 mingdan ortiq neftchilar sabab falaj holatga kelib qoldi. Namoyishchilarning talablari turlicha — 50 foizli inflyatsiya sabab maoshlarni oshirishdan tortib, harbiy holatni bekor qilish va siyosiy mahbuslarni ozod etishgacha. Hukumat murosaga borishga majbur bo‘ladi: 3 mingga yaqin mahbus qamoqdan ozod etiladi, davlat korxonalaridagi ishchilarning maoshlari sezilarli darajada oshiriladi. Umuman olganda, ushbu ustamalarni hech kim ko‘rmagan, chunki Moliya vazirligi xodimlari ish tashlashni to‘xtatishdan bosh tortgan.

    Foto: “Neftianka.ru”

    Foto: “Neftianka.ru”

    Buning fonida millatchilik va diniy murosasizlikning kuchli o‘sishi kuzatilgan. 23-dekabr kuni Axvaz shahrida radikallar Amerikaga qarashli Texaco neft gigantining ikki nafar ishchisini o‘ldirgan, shundan keyin ekspatlarning ommaviy evakuatsiyasi boshlangan. Eron o‘zining neft va gaz sanoati uchun muhim bo‘lgan kadrlarni yo‘qotishi qator loyihalarning to‘xtab qolishiga olib kelgan — Eronda neft qazib olish sutkasiga yarim million barrelga qadar tushib ketgan (1951-yildagi daraja). Mamlakat kuniga 60 million dollar yo‘qotgan.

    1979-yilning 16-yanvarida podshoh mamlakatdagi inqilob to‘lqinlari sabab xorijga chiqib etgan, ikki haftadan keyin esa Tehronga Fransiyadan Oyatulloh Homanaiy qaytib kelgan. 11-fevralga kelib podshod rejimining qoldiqlari yo‘q qilingan. Yangi hukumatning birinchi vazifalaridan biri neft qazib chiqarishni va eksport qilishni qayta tiklash bo‘lgan, ammo kutilmaganda eronlik neftchilar diniy yetakchilar ortidan so‘zsiz ergashishga rozi emasligi ma’lum bo‘ladi. Mamlakat neft va gaz sanoati ishchilari orasida so‘lchilar ham bo‘lib, bir necha ming neftchi kommunistik partiya a’zoligida bo‘lgan. Shuning uchun yangi hukumatning neft qazib chiqarishni zudlik bilan qayta tiklash buyrug‘idan keyin fevral o‘rtalarida ishga neftchilarning chorak qismidan biroz ko‘rog‘i chiqqan xolos.

    Narx-navoning o‘zgarishi

    1978-yilda Eron dunyodagi eng yirik neft qazib chiqaruvchilar to‘rtligiga kirgan bo‘lsa, Saudiya Arabistonidan keyingi eng katta neft eksportchisi bo‘lgan: mamlakatda har kuni 6 million barreldan ortiq neft qazib chiqarilgan, uning 5 millioni jahon bozoriga chiqarilgan. Islom inqilobi ushbu maqomga barham bergan — 1979-yilning bahorida Eron o‘zining xorijdagi sheriklariga neft yetkazib berishni sezilarli darajada kamaytirgan.

    Tabiiyki jahon neft bozori bu vaqt davomida chuqur silkinishlarni boshdan o‘tkazgan — neft barrelining narxi 25 dollargacha ko‘tarilgan, bu oldinroq OPEK tomonidan o‘rnatilgan narxdan ikki barobar qimmat edi. Ammo bu oxiri emasdi. 1979-yilning 4-noyabrida bir guruh eronlik talabalar AQSHning Tehrondagi elchixonasini egallab, 52 nafar amerikalikni asirga olgan. 12-noyabrda prezident Karter Qo‘shma Shtatlardan Erondan importni amalga oshirish to‘liq to‘xtatilishini e’lon qilgan. 16-noyabr kuni Homanaiyning buyrug‘iga ko‘ra Amerika neft kompaniyalari bilan barcha aloqalar uzilgan. Neft narxi tezda oshib ketgan — 1980-yilning aprelida bir barrel neft 40 dollarga chiqqan (hozirgi hisob-kitoblarga bu taxminan 120 dollar demak).

    Eron inqirozi Sovet Ittifoqiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. 1970-yilda SSSR “Mingazprom”i Eronda birinchi eksport gaz quvurini qurib, u orqali Kavkazorti respublikalariga har yili 10 milliard kubometr gaz yetkazib kelgan. Islom inqilobidan keyin Eron hukumati Moskvaga gaz uchun yangi narxlarni belgilaydi. SSSR hukumati darhol rad javobini bergach, “zangori olov”ni yetkazib berish to‘xtatiladi.

    Muqaddas mudofaa

    Shu bilan birga, o‘sha vaqtda Eronning eng katta dushman AQSH va SSSR, hattoki Isroil ham emas, balki qo‘shni Iroq bo‘lib chiqadi. Inqilobiy o‘zgarishlar sabab Eron armiyasi to‘rt barobarga qisqarib ketadi — 180 ming nafargacha va Iroq yetakchisi Saddam Husayn qo‘shni davlatning kuchsizlanganidan foydalanib qolishga qaror qiladi. Bunga Iroq va Eron yetakchilarining shaxsiy adovati, shuningdek, bazaviy diniy-ideologik qarama-qarshiliklar ham qo‘shiladi — Homanaiy shia bo‘lsa, Saddam sun’iy edi. Bundan tashqari, Saddam mintaqada yetakchilikka da’vogarlik ham qilardi.

    Iroqdagi kurdlarning isyonga chorlovi, davlat arboblariga uyushtirilgan bir nechta suiqasdlar, bir necha oy beri chegarada davom etayotgan otishlamardan keyin 1980-yilning 17-sentabrida Saddam Husayn Iroq parlamenti minbaridan turib, 1975-yilda imzolangan Bag‘dod tinchlik bitimini namoyishkorona yirtib tashlaydi, 5 kundan keyin esa Eronga qarshi faol harbiy harakatlar boshlanadi.

    Foto: “Neftianka.ru”

    Foto: “Neftianka.ru”

    Eronda ushbu mojaro “Muqaddas mudofaa” deb atalgan. Urushga rasman neft va gazga boy bo‘lgan Shatt al-Arab daryosidan o‘tuvchi chegara borasidagi kelishmovchilik sabab sifatida ko‘rsatilgan. Iroq ikkita yirik Eron porti va sanoat markazi joylashgan daryoning sharqiy qirg‘og‘ini qo‘lga kiritishni xohlagan.

    Mujohidlar inqilob qo‘riqchilariga qarshi

    Uzoq yillar davom etgan urushga Iroqqa SSSR, Fransiya, Xitoy, Chexoslovakiya, Polsha, Braziliya va Misr qurol yetkazib bergan bo‘lsa, AQSH yashirin ravishda Eronni qurol-yarog‘ bilan ta’minlab turgan. 1986-yilning oxirida AQSH “Irangeyt” nomi bilan mashhurlikka erishga yirik siyosiy mojaro yuzaga kelgan — Oq uy administratsiyasining yuqori martabalari qator amaldorlari Eronga nisbatan qo‘llanilgan qurol-yarog‘ embargosiga qaramay, Hawk renit raketalarini yetkazib bergani ma’lum bo‘lgan.

    1988-yilning 26-iyulida cho‘zilib ketgan urushning so‘nggi to‘qnashuvi sodir bo‘lgan — Eronnin Kirmanshoh shahri mudofaasi. Shaharga “Eron xalq mujohidlari tashkiloti” guruhi hujum uyushtirgan bo‘lib, ularga  Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining bo‘linmasi qarshilik ko‘rsatgan. Yakun — “jangovar durrang”. 1988-yilning 20-avgustida BMT talabiga muvofiq Eron va Iroq yarashuv imzolab, urushgacha bo‘lgan geosiyosiy “kvo-maqomini” tiklaydi. Ikkala tarafdan ham yarim million inson halok bo‘lgan, Iroqqa yetkazilgan iqtisodiy zarar 350 milliard dollarga, Eronniki esa 500 milliard dollarga baholangan.

    Foto: “Neftianka.ru”

    Foto: “Neftianka.ru”

    Katta yo‘qotishlarga qaramay, iqtisodiy kollapsdan chiqib olish Iroqdan ko‘ra Eronga oson kechgan — urush yakunlangach, mamlakatda neft qazib chiqarish sutkasiga 4 million barrelga yetgan. Saddam esa boshqa yo‘ldan yuradi — urushdan ikki yil o‘tib, u Kuvaytga hujum boshlagan.

    “Dahshatli manzara”: terrorchilar Moskvadagi uyni qanday portlatgan edi?

    1999-yilning 8-sentabr kuni soat 23:58 da Moskva dahshatli teraktdan larzaga keldi: Guryanov ko‘chasi joylashgan 19-sonli to‘qqiz qavatli turar joy binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi — ikkita podyezd butunlay yo‘q qilindi. Portlash to‘lqini tom ma’noda uyni ikkiga bo‘lib yubordi va yuzlab odamlar vayronalar ostida qoldi. Fojia oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi va yana 690 kishi jarohat oldi. Keyinroq tergov portlash terrorchilarning puxta rejasi asosida amalga oshirilganini aniqladi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Fojia joyi qo‘rqinchli ahvolda edi. Uyning ikki chetigina omon qolgan, o‘rta qismi esa pichoq bilan kesib olingandek. Odamlar ham vayronalar ostida”, — deydi voqea guvohlaridan biri.

    Portlash oqibatida qurbon bo‘lgan va jarohat olganlarning aksariyati Lenin komsomoli nomidagi avtomobil zavodining ishchi hamda xizmatchilarining oila a’zolari edi. Bundan tashqari, portlash to‘lqini shu qadar kuchli bo‘lganidan, qo‘shni turgan 17-sonli turar joy binosi konstruksiyasiga ham shikast yetkazgan. Yarim kilometr radiusdagi barcha uylarning oynalari sinib ketgan.

    “Portlash shu qadar kuchli ediki, temir-beton plita bo‘lagi qo‘shni uyga yetib borib, uning devorini teshib o‘tgan. Qo‘shni uyda ham jiddiy shikast kuzatilgan va qurbonlar bo‘lgan. Uy bo‘laklari Moskva daryosi tomon uchib borib, daraxtlarni qo‘porib yuborgan”, — deydi o‘sh vaqtda IIB inspektori bo‘lgan Viktor Vorotilov.

    Guryanovdagi portlash to‘g‘risidagi xabar Rossiya FVVga 9-sentabr kuni soat 00:10 da kelib tushgan. Oradan uch daqiqa o‘tgach favqulodda holat joyiga qutqaruvchilar yetib borgan. Shundan keyin bir necha kun davomida qutqaruv ishlari bir daqiqaga ham to‘xtamagan — voqea joyida 40 ta o‘t o‘chirish hisobi va 60 ta tez yordam brigadasi, shuningdek, Moskva shahri va Moskva viloyati qidiruv-qutqaruv otryadlarining 400 nafar xodimi ish olib borgan. Bundan tashqari, jabrlanganlar yordam ko‘rsatish uchun mobil gospital tashkil etilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Omon qolganlarning katta qismi 5 va 6-podyezdda istiqomat qiluvchilar bo‘lgan — ular ham turli jarohatlarni olgan. Qulab tushgan podyezdning yuqori qavatida ota-onasi bilan yashagan bir bola mo‘jiza tufayli tirik qolgan.

    “Tasavvur qiling: qulagan uy, tepasida panel osilib turibdi, unda karavon, karavotda esa omon qolgan bola. Uni ertalabga yaqin, changlar biroz bosilgach payqab qolishdi. O‘t o‘chiruvchilar krani yordamida tushirib olingan bola, shifoxonaga yuborildi. U yerdan yetim qolgan boshqa bolalar kabi qarindoshlari olib ketishdi”, — deydi guvohlardan biri. Bolaning qo‘shni xonada bo‘lgan ota-onasi halok bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Favqulodda holat yuz berganidan bir kun o‘tgach, organlar bu terrorchilik akti degan versiyani ilgari surgan. Rossiya FXX ekspertizasi natijalariga ko‘ra, terrochilar portlovchi modda sifatida 2 tonnadan ortiq geksogendan foydalangan. U qoplarga solingan holda 19-uyning birinchi qavatida ijaraga olingan noturar joyga joylashtirilgan.

    Keyinroq “Interfaks” agentligiga qo‘ng‘iroq qilgan erkak Moskvadagi turar joy binosining portlashi Dog‘iston hududida o‘tkazilgan jangovar harakatlar uchun qasos ekanini aytgan. U o‘zini “Dog‘iston ozodlik konfederatsiyasi” terrorchilik guruhi a’zosi sifatida tanishtirgan.

    Shu kunning o‘zida tergovchilar Guryanovdagi noturar joyni kim ijaraga olganini aniqlagan. Muxit Laypanov ismli erkakning fotoroboti butun federal telekanallar orqali tarqatilgan. Keyinchalik u Kashira shossesidagi 6-sonli uyning yerto‘lasini ham ijarga olgani ma’lum bo‘ladi — 13-sentabr kuni u yerda ham yana bir terakt yuz bergan. Yana uch kundan so‘ng, Rostov viloyatining Volgodonsk sharida joylashgan 35-sonli uyda ham portlash amalga oshirilgan. Uchchala holatda ham portlovchi moddalar tarkibi bir xil bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    2003-yilning aprelida Rossiya Bosh prokuraturas Moskva va Volgodonsk shaharlaridagi terakt bo‘yicha jinoyat ishini yakunlagan. Tergov ma’lumotlarga ko‘ra, terakt Amir Al-Xattob va Abu Umar tomonidan bevosita tashkillashtirilgan — aynan ular jinoiy guruh tuzib, 14 tonnadan ortiq qo‘lbola portlovchi moddalarni tayyorlagan. Ular qoplarga joylanib, Moskva va Volgodonskka shakar hamda kartoshka ko‘rinishida yo‘naltirilgan.

    Tergochilarning aniqlashicha, Moskvada jami to‘rtta terakt amalga oshirish rejalashtirilgan — Guryanov ko‘chasida, Kashira shossesi, Borisov ko‘li va Krasnodar ko‘chasida. Huquq-tartibor organlari oxirgi ikkitasinining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.

    Oxir-oqibat Amir Al-Hattob va Abu Umar teraktni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa yetti kishi kabi Rossiya maxsus kuchlari tomonidan Checheniston, Gruziya va Ingushetiya hududlarida o‘ldirilgan. Yana ikki nafar terrorchi 2004-yilning yanvarida umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1999-yilning sentabr oyidagi fojiadan keyin portlagan uyda yashagan barcha yangi xonadonlarga ko‘chirilgan. Binoning omon qolgan qismi portlatuvchi texnikalar yordamida buzib tashlangan. Yaqin atrofdagi zarar yetgan uylar ham davlat hisobidan ta’mirlagnan.

    1999-yilning 13-sentabri Rossiyada terakt qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni sifatida e’lon qilingan. 2000-yilda Guryanov ko‘chasiga ibodatxona ko‘rinishidagi bronza monument o‘rnatilgan.

    Texasdagi butun boshli shaharni yakson qilgan dovul

    Galveston dovuli — 1900-yilning 8-sentabrida Texasning Galveston shahriga yopirilgan. Shamol tezligi soatiga 214 kilometrga yetgan bo‘lib, bu Saffir-Simpson dovullar shkalasi bo‘yicha 4-toifaga kiradi.

    Dovul vaqtida Galvestonning eng yuqori nuqtasi dengiz sathidan atigi 2,7 metr balandlikda bo‘lgan. Tibbiy ofat balandligi 4,6 metrga yetadigan kuchli bo‘ronni yuzaga keltirib, butun orolni suv ostida qoldirgan. To‘lqinlari binolarni poydevorinida parchalab tashlagan. 3,6 mingdan ortiq uy vayron bo‘lib, qirg‘oq bo‘yi chiqindilarga to‘lib ketgan. Strand tumanida omon qolgan kam sonli binolar hozirda turistik ahamiyatga ega maskanlarga aylantirilgan.

    Foto: Ecoindustry

    Foto: Ecoindustry

    O‘sha vaqtda shamolning qayd etilgan maksimal tezligi soatiga 160 kilometr bo‘lgan, biroq ko‘p o‘tmay dovul ob-havo byurosida joylashgan anemometrni binodan uloqtirib yuborgan. Bo‘ronning asosiy kuchi kechki soat 20:00 larga to‘g‘ri kelgan. Shamolning maksimal tezligi soatiga 190 kilometrga chiqqan, keyinroq u Saffir—Simpson shkalasi bo‘yicha 4-toifaga kiritilgan. Havo bosimi 723,4 millimetr simob ustunini tashkil etgan — bu o‘sha vaqtda juda kam bo‘lganidan xató hisoblangan. Dovuldan keyingi hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy ofat markazidagi bosim 698,2 millimetr simob ustuniga yetgan, ammo ham keyinroq 701,8 millimetrga qadar o‘zgartirilgan.

    Materik bilan bog‘lab turuvchi ko‘priklar yakson bo‘lgani bois Shahar bilan telegraf aloqalari uzilgan. 9-sentabr soat 11:00 da Galvenston bandargohida omon qolgan kemalardan biri — Pherabe shaharning g‘arbiy qismidagi Teksas-Siti shahriga qadar suzib borgan. Bandargohda olti kishi bo‘lgan, ular 10-sentabr kuni kechki soat 03:00 da Xyuston telegraf stansiyasiga yetib borib, Texas gubernatori Jozef Seyers va AQSH prezidenti Uilyam Makkinliga qisqa xabar yuborgan: “Galveston meri va Fuqarolik qo‘mitasi tomonidan sizga Galveston shahri vayron bo‘lgani haqida xabardor qilishim topshirildi”. Xabarchilar 500 kishi vafot etganini ma’lum qilgan; bu o‘shanda oshirib ko‘rsatishdek qabul qilingan.

    Foto: Ecoindustry

    Foto: Ecoindustry

    Xyuston aholisi sodir bo‘lgan dovulni eshitgan va yordam ko‘rsatishga tayyorlangan. Zudlik bilan temiryo‘l va dengiz orqali ishchilar yuborilgan. Qutqaruvchilar butunlay vayron bo‘lgan shaharga duch kelgan. 8 ming kishi — orol aholisining 20 foizi tabiiy ofat qurboniga aylangan deya taxmin qilingan. Halok bo‘lganlar soni 6—12 ming oralig‘ida hisoblangan. Odamlarning aksariyati cho‘kib ketgan yoki o‘z uylarining vayronalari ostida qolgan. Ko‘pchilik dovulning o‘zidan omon qolgan bo‘lsa, bir necha kun davomida vayronalar ostida qolib ketib vafot etgan. Qutqaruvchilar ularning chinqiriqlarini muntazam eshitib turgan va imkon qadar yordam ko‘rsatgan. 30 mingga yaqin odam boshpanasidan ayrilgan.

    Halok bo‘lganlar sonining ko‘pligi bois ularning jasadini dengizga tashlashga qaror qilingan, biroq oqim jasadlarni qirg‘oqqa chiqarib tashlayvergan. Natijada halok bo‘lganlar jasadlari bir necha hafta davomida gulxanda yoqilgan. Hukumat o‘z oilasining a’zolari jasadlarini gulxanga tashalshga majbur bo‘lgan ishchilarga bepul viski tarqatgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Mona Liza”ni o‘g‘irlashda gumonlangan fransuz shoiri, otib ketilgan afsonaviy reper Tupak Shakur va “Sem amaki”ning paydo bo‘lishi. Kun xronologiyasida 7-sentabr

    08.09.2022, 09:30   Izoh (0)   40553
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina 606 nafar rossiyalik siyosatchilarga qarshi sanksiyalar kiritdi

    08.09.2022, 09:23

    Erdo‘g‘on G‘arbning Rossiyaga nisbatan siyosatini qoraladi va Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ni “metallolom” deb atadi

    08.09.2022, 09:04

    “Kiyevga qurol yetkazib berishda Berlin imkoniyat chegarasiga yetdi” — Germaniya mudofaa vaziri

    07.09.2022, 23:31

    Apple taqdimotida iPhone 14, iPhone 14 Plus va iPhone 14 Pro namoyish etildi — foto

    07.09.2022, 23:26

    Bolgariyada kuchli yomg‘ir sabab suv toshqinidan jabrlangan hududlardan olingan kadrlar (video)

    07.09.2022, 20:14

    Boltiqbo‘yi davlatlari Shengen vizasi bor rossiyaliklarni kiritishni cheklashga kelishib oldi

    07.09.2022, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    Shou-biznes | 25 may, 09:41

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.