Noma’lum shaxslar “Real” futbolchisi Daniel Karvaxalning uyini talon-taroj qilishga uringan.
Voqea 29-avgustdan 30-avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Videokuzatuv kamerasi armatura bilan qurollangan ikki kishi futbolchining uyiga bostirib kirishga urinayotganini tasvirga olgan. Bu vaqtda Karvaxalning o‘zi uyda bo‘lmagan.
Talonchilar ogohlantirish signali chalinganidan so‘ng qochib ketgan. Dani politsiyaga murojaat qilgan.
Oldinroq “Barselona” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangning uyiga o‘g‘ri tushgani, jinoyatchilar futbolchining jag‘ini sindirib, 700 ming yevrolik taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgani xabar qilingandi.
Izoh (0)