“Chelsi” Pyer-Emerik Obameyang transferi bo‘yicha “Barselona” bilan kelishuvga yaqin.
London klubi gabonlik futbolchi uchun 7,5 million yevro va himoyachi Markos Alonsoni taklif qildi. Muzokaralar yakunlanish bosqichida, deya xabar beradi The Athletic.
“Chelsi” hujumchi uchun “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma taklif qiladi. Shartnomani uzaytirish bandi Obameyangning klubdagi ikkinchi mavsumda ko‘rsatgan natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
Pyer-Emerik hozircha Barselonada bo‘lib turibdi.
Hujumchi qishda “Barselona” safiga qo‘shilgan edi. La Ligada 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)