Martin Breytueyt “Barselona”ni tark etadi.
Kataloniyaliklar hujumchi bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Martinning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan edi.
Breytueyt 2020-yil qishki transfer oynasida “Leganes” safidan “Barselona”ga o‘tgan edi. Shu vaqtga qadar hujumchi La Liganing 44 ta o‘yinida ishtirok etib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
31 yoshli futbolchi tez orada “Espanyol” bilan shartnoma imzolaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)