“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning hamon klubdan ketish ehtimoli bor.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik ijara asosida “Napoli” klubiga o‘tishi mumkin.
Erik ten Hag Krishtianuning jamoada qolishini tasdiqlaganiga qaramasdan, futbolchi Chempionlar Ligasida to‘p suruvchi klub safiga o‘tishni o‘ylab ko‘rmoqchi. Bir yillik ijaradan so‘ng Ronaldu yana “Manchester Yunayted”ga qaytib, shartnomasi oxiriga qadar mankunianliklar safida to‘p surishni rejalashtirmoqda.
“Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentisni ham bu g‘oya qiziq qiziqtirib qolgan.
Neapol klubi Ronalduga berilgan takliflar ichida eng jiddiysi. Qolgan barcha takliflar Osiyo klublaridan kelib tushgan.
Krishtianu joriy mavsum APLning barcha 4 ta o‘yinida ishtirok etdi. Ularning 3 tasida zaxiradan maydonga tushdi. Portugaliyalik birorta golli vaziyatda ishtirok etmadi.
Izoh (0)