• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2022-yil 1-sentabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma mamlakatda 1-sentabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhini taqdim etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Aholi zich bo‘lgan joylardagi korxonalar uchun imtiyozlar

    Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestri joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvarga qadar Reyestrga kiritilgan hududlardagi umumiy xodimlari soni kamida 10 nafar bo‘lgan va ularda ishlovchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:

    • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i 50 foiz imtiyoz qo‘llagan holda hisoblanadi;
    • ularda ishlovchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondiga ijtimoiy soliq 1foizlik stavkada hisoblanadi;
    • budjet tashkilotlariga yillik umumiy qiymati BHMning 750 baravarigacha bo‘lgan mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat berildi.
    Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish kuchaytirildi

    Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan foydalanish, turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish, mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, korporativ munosabatlar sohasida qator talab va cheklovlar bekor qilinadi.

    Raqobatga qarshi harakatlar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi

    Raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Shuningdek, quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi:

    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan xom ashyo, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini (ko‘rsatilishini) noqonuniy cheklash;
    • litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish;
    • monopoliyaga qarshi organ talabiga ko‘ra, zarur hujjat va axborotlarni taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik.
    “E-antikorrupsiya” loyihasi ishga tushiriladi

    U quyidagilarni nazarda tutadi:

    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
    • korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari bo‘yicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda ko‘rish maqsadida “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri”ni shakllantirish va yuritish.
    Avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgaradi

    Ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

    Yengil avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

    • ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – ikki yilda bir marta;
    • ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – bir yilda bir marta.
    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanishlari mumkin

    2024-yil oxiriga qadar:

    • 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning faoliyati deb qaraladi. Ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
    • litsenziya varaqasi mavjud bo‘lgan taqdirda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.
    Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni YAIDXP orqali elektron shaklda rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

    Haydovchilarning majburiy malakasini oshirish bekor qilindi

    Prezidentning “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarori bilan yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1-marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

    Konsert-tomosha faoliyatidan davlat bojini undirish tartibi o‘zgaradi

    Davlat boji stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi:

    • I reyting guruhi uchun - BHMning 20 baravari miqdorida;
    • II reyting guruhi uchun - BHMning 10 baravari miqdorida;
    • III reyting guruhi uchun - BHMning 3 baravari miqdorida.
    Quyidagilar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi:
    • yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar;
    • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
    • ta’lim muassasalarida o‘qiydigan talabalar — o‘qish muddati davomida.
    Shifokorlarga yakka tartibda shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi

    1-sentabrdan boshlab shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berildi.

    Shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmat turlarini pullik asosda tashkil etishga ruxsat berildi.

    Tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy kengashlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida hisobot berish tartibi joriy qilinadi. Bunda, quyidagilar belgilandi:

    • tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida;
    • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida hisobot beradi.
    Xalq ta’limi tizimi xodimlariga ustamalar belgilandi

    Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:

    umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi:

    • xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan yoki xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.
    • Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida;
    Davlat test markazining milliy baholash tizimida chet tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama:
    • 2025-yil 1-yanvarga qadar – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
    • 2025-yil 1-yanvardan boshlab – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20foiz miqdorida to‘lanadi.
    Maktablar reytingi joriy etiladi

    Har o‘quv yili yakunida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha baholab boriladi. Reyting ko‘rsatkichlari asosida ular “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

    Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga budjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi beriladi.

    2025-yil 1-yanvarga qadar xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1foiz miqdorida belgilanadi.

    Ilmiy darajaga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlarining maoshlari oshiriladi

    Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

    Ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshligi tekshiriladi

    Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini ta’minlash maqsadida respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan, xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.

    Trenerlarning tarif stavkalari oshiriladi

    Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi sport maktablari trenerlarining bazaviy tarif stavkalari 2022-yil 1-sentabrdan o‘rtacha 1,35 baravarga oshiriladi.

    Jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

    Idoralararo komissiyalar tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlaydi.

    “Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan MHEKMning 10 baravari miqdorida beriladi.

    Bo‘lg‘usi onalarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi

    Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi.

    Oilaviy bolalar bog‘chalari ishiga IT-texnologiyalar joriy etiladi

    DXSH asosida faoliyat ko‘rsatadigan bolalar bog‘chalari, oilaviy bolalar bog‘chalari uchun joriy etiladigan tartibga muvofiq:

    • budjetdan subsidiyalar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning haqiqiy davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblanadi;
    • xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
    • hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun xodimlarga budjetdan ish haqi to‘lanmaydi.
    Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga budjetdan mablag‘ ajratiladi

    01.09.2022, 09:56   Izoh (0)   24436
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Beslan fojiasi, Yaponiya tarixidagi eng dahshatli zilzila va jahon chempioniga aylangan Fisher. Kun xronologiyasida 1-sentabr

    01.09.2022, 09:30

    O‘zbekistonda 2-sentabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

    01.09.2022, 09:05

    O‘zmilliybankdan imtiyozli ta’lim krediti!

    01.09.2022, 09:00

    Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

    01.09.2022, 08:47

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Mustaqillik bayrami — suratlarda

    31.08.2022, 23:59

    O‘zbekistonga kofe eng ko‘p Italiyadan import qilinmoqda

    31.08.2022, 23:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.