Daryo

O‘zbekistonda 1-sentabrdan jismoniy shaxslarning 10 yilgacha bo‘lgan avtomashinalari texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish34 614 ko‘rishlar0 izoh0

Qonunchilikka ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:
  • ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;
  • ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.
Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar