Daryo

O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Bu uchun nomzod xalqaro reytinglarda tibbiyot yo‘nalishida 200 talikka kirgan OTMlarning ilmiy darajasini olgan bo‘lishi kerak

1 daqiqa o‘qish29 818 ko‘rishlar0 izoh0

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan davlat tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlarini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Qayd etilishicha, tizim xalqaro reytinglarda tibbiyot yo‘nalishida birinchi 200 talikka kirgan oliy o‘quv yurtlarining klinik ordinatura (rezidentura), magistratura mutaxassisligini tamomlagan va falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan tibbiyot xodimlariga tatbiq etiladi.

Nomzodlar tomonidan arizalar muassasaning kadrlar bo‘limiga topshiriladi. Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgach, vazir buyrug‘i orqali rag‘batlantiriladi.

Nomzodlarning lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustama vazir buyrug‘i chiqqan kundan boshlab bir yil davomida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining quyidagi baravarida belgilanadi:
  • klinik ordinatura (rezidentura), magistratura mutaxassisligini tamomlagan tibbiyot xodimiga – yetti baravari;
  • falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan tibbiyot xodimiga – o‘n besh baravari.
Avvalroq O‘zbekistonda tibbiyot OTMlari talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etilgani xabar qilingandi. Shuningdek, O‘zbekistonga keluvchi chet ellik shifokorlar uchun qator imtiyozlar berilishi, O‘zbekistonda tez tibbiy yordam tizimidagi ayrim xodimlarning oylik ish haqiga 40 foiz ustama ajratilishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar