“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilarning reyting guruhlari soni amaldagi 6 tadan 3 taga qisqartiriladi. Bunda, aholiga konsert-tomosha xizmatlarini ko‘rsatish huquqi ijrochilarning reyting guruhlari orasida quyidagicha taqsimlanadi:
a) I reyting guruhi ijrochilariga:- respublika hududida va uning tashqarisida yakkaxon konsert tashkil etish;
- II va III reyting guruhlari ijrochilari uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
- bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida qatnashish;
- ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish;
- III reyting guruhi ijrochisi uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
- to‘y, yubiley hamda boshqa marosim va tantanalarda, jumladan, to‘yxona, restoran, hordiq chiqarish tashkilotlari (klub, diskoteka, bar va qahvaxona) va xususiy uylarda konsert-tomosha xizmatlarini ko‘rsatish;
- sozanda va raqqos(a)lar tomonidan bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish va ularda qatnashish.
- I reyting guruhi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida;
- II reyting guruhi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida;
- III reyting guruhi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida;
- yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- ta’lim muassasalarida o‘qiydigan talabalar – o‘qish muddati davomida;
- litsenziyada ijodiy jamoa a’zolari to‘liq ko‘rsatiladi va ulardan litsenziya uchun davlat boji qo‘shimcha ravishda undirilmaydi, ijodiy jamoa a’zosi mustaqil ijrochi sifatida ijod qilgan hollar bundan mustasno;
- ijodiy jamoa uning barcha a’zolari davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
- I reyting guruhi ijrochilaridan 2,7 million so‘m miqdorida;
- II reyting guruhi ijrochilaridan 1,8 million so‘m miqdorida;
- III reyting guruhi ijrochilaridan 1,0 million so‘m miqdorida.








