• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Beslan fojiasi, Yaponiya tarixidagi eng dahshatli zilzila va jahon chempioniga aylangan Fisher. Kun xronologiyasida 1-sentabr

    Shimoliy Osetiyaning Beslan shahridagi 1-sonli maktab 1-sentabrda o‘quvchi-yu o‘qituvchilari bilan terrorchilar tomonidan egallab olingan edi.

    Foto: “IVBG.ru”

    Terrorchilar 2004-yilning yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda maktabga bostirib kelib, 2,5 kun davomida 1100 nafardan ortiq asirni minalashtirilgan binoda ushlab turgan. Hujumning uchinchi kuni soat 13:05 da maktab sportzalida portlash sodir bo‘lgan va yong‘in yuzaga kelgan, natijada binoning bir qismi qulab tushgan. Dastlabki portlashlardan so‘ng asirlar maktabdan qochib chiqa boshlagan va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlarining maxsus kuchlari tomonidan operatsiya amalga oshirilgan. Yuzaga kelgan otishma oqibatida 27 nafar terrorchi o‘ldirilgan. Faqatgina Nurposha Kulayev ismli terrorchi tirik ushlangan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Asirlarning aksariyati ozod etilganiga qaramay, terakt 314 kishining umriga zomin bo‘lgan. Qutqaruvchilar bilan hisoblaganda 333 kishi halok bo‘lgan va kamida 783 kishi turli darajada jarohat olgan.

    Taktikaning o‘zgarishi

    2000-yilning fevralida Ikkinchi Chechen urushi rasman tugagan. Bunga Rossiya federal qo‘shinlari o‘z tayyorgarligini yaxshilab olgani va Ichkeriya muftiysi Ahmat Qodirov (Ramzan Qodirovning otasi) armiya tomoniga o‘tgani sabab bo‘lgan. 1999-yilning noyabrida Grozniyga kelgan federal qo‘shinlar uzoq janglardan keyin fevral oyida shaharni ozod etgan, biroq jangovar harakatlar shu bilan yakunlanmagan: jangarilarning bir qismi qochib ketib, partizanlik urushlarini boshlagan. Ularga ko‘plab zarar yetkazilgan va sekin-asta jangarilarning faolligi kamayib borgan. Ko‘pchilik chechen mojarosi tugadi degan yaxshi umidlarga bora boshlagan.

    Separatchilar rahbarlari ko‘p o‘tmay butunlay yakson etilishlarini anglab turgan. Shu sababli ular nafaqat taktikani, balki butun urush uslubini o‘zgartirishga kirishgan. Jangovar harakatlarni Chechenistondan tashqarida amalga oshirish choralari ko‘rila boshlangan. Ular o‘z kuchlarini qo‘shni davlatlarga — Dog‘iston, Ingushetiya va Qabardin-Bolqorga tashlagan. Terrorchilik — yangi strategiyaning ikkinchi elementiga aylangan.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Ularning faolligi 2004-yilda eng yuqori nuqtaga chiqqan. Ikki marotaba Moskva metrosida aksiya o‘tkazilgan, 22-avgust kuni jangarilar Ingushetiyaga hujum uyushtirgan, shundan keyin ikkita yo‘lovchi samolyoti portlatilgan. Biroq bu ularga kamlik qila boshlagan. Terrorchilarga butun mamlakatni shok holatiga soladigan terakt kerak edi.

    Beslan fojiasi

    Jangarilar hujum obyektini tanlashda uzoq o‘ylanib o‘tirmagan. Terrorchilar nuqtayi nazariga ko‘ra, maktab eng mos keladigan obyekt edi. Bolalar qarshilik ko‘rsata olmas, psixologik effekt kutilganidan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Beslandagi maktab — ingushlar bilan chegara atrofidagi qurolli mojarolar sabab eng yaxshi variant hisoblangan. Hujumni uyushtirganlar tarkibidan asosan ingushlar o‘rin olgan, obyekt sifatida esa osetin maktabi tanlangan. Omon qolgan yagona terrorchidan bu ishni nega amalga oshirishganini so‘rashganida, u “Kavkazda katta urushni yuzaga keltirish uchun”, deya javob qaytargan.

    Foto: Regnum

    Tajribali 32 jangariga bir necha bor militsiya e’tiboriga tushgan, qotillik uchun qidiruvda bo‘lgan Ruslan Xuchbarov boshchilik qilgan. 1-sentabr tongida ichida terrorchilar bo‘lgan “GAZ-66” yuk mashinasi Beslan shahridagi 1-sonli maktabga yetib kelgan. O‘shanda o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantana avtomatlar ovoziga ulanib ketgan. Jangarilar niyatlari naqadar jiddiy ekanini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida ota-onalardan birini darhol otib tashlagan. Maydonda bo‘lgan barcha — o‘qituvchi-o‘quvchilar, ota-onalar sportzaliga kiritilgan. Kichkina zalda 1128 kishi to‘plangan va u yerga bitta katta qo‘lbola mina o‘rnatilgan.

    Mahalliy militsiyaning maktabni ozod etish borasidagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan, otishmada bir nafar jangari halok bo‘lgan.

    Terrorchilar o‘z talablarini ilgari surgan. Ulardan biri — aloqa va elektr ta’minotini o‘chirmaslik, ikkinchisi — Basayevning Ichkeriyaning tan olinishi bo‘yicha siyosiy talabi edi, aks holda ular o‘t ochish bilan qo‘rqitishgan. Maktab qal’aga aylantirilgan, tirik qalqon sifatida foydalanilgan asir erkaklar otib tashlanib, oynadan uloqtirilgan.

    Kutilmagan shturm

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilar banditlar bilan kelishuvga erishib, oynadan uloqtirilgan jasadlarni olib ketishga ruxsat olgan. Qutqaruvchilar murdalarni yuklayotganida bino ichida ikkita portlash sodir bo‘lgan. Qo‘lbola portlovchi qurilmalarning kamchiligi bor — ular ishonchsiz bo‘lib, istalgan vaqtda portlab ketishi mumkin. Aynan shu portlash yuzlab odamning o‘limiga va jarohatiga sabab bo‘lgan. Yura oladigan barcha binodan qochib chiqa boshlagan, jangarilar ularga tartibsiz o‘t ocha boshlagan.

    Foto: Regnum

    Bir vaqtning o‘zida maxsus kuchlar terrorchilarga qarata hujumni boshlagan —  bu esa tartibsizlikni yanada kuchaytirib yuborgan. Qirg‘in yuzaga keltirgan oqibatlar ayanchli: Beslanda 333 kishi (ularning 186 nafari bolalar), 10 nafar ofitser, qutqaruv va IIVdan to‘qqiz nafar xodim halok bo‘lgan. Qonli qirg‘in jangarilarga o‘zlari istagan muvaffaqiyatni olib kelmagan. Urush kutilganidek qo‘shimcha quvvatlov ololmadi. Beslan maktabidagi vayronalar hamon insoniyat qonxo‘rligining yodgorligi bo‘lib qolmoqda. Beslan Basayev va Masxadovga hech qanday siyosiy dividend olib kelmagan, balki ularning harakati tezroq tugatilishiga xizmat qilgan.

    Minglab yaponlar umriga zomin bo‘lgan buyuk zilzila

    Buyuk Kanto zilzilasi —1923-yilning 1-sentabrida Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli yer osti silkinishi. Ushbu nom magnitudasi 8,2 ball yetgan zilzila eng ko‘p zarar yetkazgan joyga atab qo‘yilgan. G‘arbda mazkur yer osti silkinishi ba’zida Tokio yoki Yokogama bilan ham birga tilga olinadi, chunki u ushbu ikki shaharni ham deyarli yakson qilib yuborgan. Zilzila bir necha yuz ming kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan va juda katta moddiy zarar yetkazgan. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronalar va qurbonlar soni bo‘yicha u Yaponiya tarixidagi eng yirik yer osti silkinishi hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    Zilzila 1923-yilning 1-sentabrida tushdan keyin boshlagan. Epimarkazi Tokiodan 90 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Osima orolida. Ikki sutka ichida jami 356 ta yer osti silkinishi ro‘y bergan bo‘lib, ularning dastlabkilari juda kuchli bo‘lgan. Sagami ko‘rfazida dengiz tubining o‘zgarishi sabab 12 metrli sunami to‘lqini yuzaga kelib, qirg‘oq bo‘yidagi aholi punktlarini butkul yakson qilgan.

    Epimarkazdan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan Yokogama shahridagi binolarning beshdan bir qismida bir zumda vayron bo‘lgan. Hamma joyda yong‘inlar yuzaga kela boshlagan, kuchli shamol esa ularning tez tarqalishiga xizmat qilgan. Portda suvga to‘kilgan benzinning olovi 60 metr balandlikka ko‘tarilgan. Yong‘inga qarshi kurashish vositalarining aksariyat qismi zilzila oqibatida yaroqsiz holga kelib qolgan.

    Tokio— Yokogama temiryo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan poyezd relsdan chiqib ketgan.

    Epimarkazdan 90 kilometr uzoqlikda bo‘lgan Tokioda esa Yokogamaga nisbatan kamroq binolar vayron bo‘lgan, ammo yuzaga kelgan yong‘in va kuchli shamolning zarari undan oz emas edi. Aholi zilzila va yong‘indan ochiq joylarga — bog‘ va maydonlarga qocha boshlagan, biroq bu ham yordam bermagan. Tokiodagi maydonlarning birida 40 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, ular maydon atrofidagi yonayotgan uylardan hosil bo‘lgan tutunga bo‘g‘ilib o‘lgan.

    Zilzila 56 ming kilometr kvadratga yaqin hududni egallagan. Yer osti silkinishlarining asosiy to‘lqini Kanto provinsiyasining janubi-sharqiy qismiga to‘g‘ri kelgan. Uning natijasida Tokio, Yokogama, Yokosuka va yana 8 ta shahar vayronaga aylangan. Yong‘in Tokiodagi 300 mingdan ortiq binoning kulini ko‘kka sovurgan, Yokogamada 11 ming bino zilziladan qulab tushgan va 59 mingtasi yonib ketgan. Shuningdek, yana 11 shaharga ham zarar yetgan.

    Foto: Getty Images

    675 ta ko‘prikning 360 tasi olov oqibatida yo‘q qilingan. Tokio toshdan qurilgan barcha binolaridan ajralgan. Yepiskop Nikolay tomonidan 1891-yilda qurilgan pravoslavlarning sobori ham vayron bo‘lgan. Faqatgina Frenk Lloyd Rayt tomonidan qurilgan “Imperial” mehmonxonasi omon qolgan — bu Yaponiyada qurilgan birinchi seysmik bardoshli tosh bino edi.

    Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlarning rasmiy soni — 174 ming, yana 542 ming bedarak yo‘qolgan, milliondan ortiq inson boshpanasiz qolgan. Jabrlanganlarning umumiy soni 4 millionga yaqin.

    Kanto zilzilasi oqibatida yetkazilgan moddiy zarar 4,5 milliard dollarga baholangan — bu o‘sha vaqtda mamlakat budjetidan ikki barobar, Rus—Yapon urushiga sarflangan xarajatdan esa besh barobarga ko‘p edi.

    Shaxmat bo‘yicha jahon chempioniga aylangan Robert Jeyms (Bobbi) Fisher

    Bobbi Fisher — amerikalik grossmeyster va shaxmat bo‘yicha jahon chempioni. Sahovski informatory jurnali versiyasi bo‘yicha XX asrning eng kuchli shaxmatchilaridan biri.

    Foto: Getty Images

    Fisher yoshligidan shaxmatdagi mahorati bilan tanilgan: 13 yoshida yoshlar o‘rtasida AQSH chempioni, 14 yoshida kattalar o‘rtasida AQSH chempioni, 15 yoshida esa o‘z davrining eng yosh grossmeysteri va jahon birinchiligi uchun eng yosh nomzodga aylangan. 20 yoshida — 1963/64 yilgi AQSH chempionatida 11 ta partiyaning 11 tasida g‘alaba qozonib, turnir tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan.

    Fisher 1972-yilda Reykyavikdagi (Islandiya) o‘tkazilgan chempionatda SSSR vakili Boris Spasskiy ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangan va shundan so‘ng rasmiy shaxmat bellashuvlarida ishtirok etishni to‘xtatgan. 1975-yilda Fisher jahon birinchiligi uchun o‘tkaziladigan chempionatga o‘z shartlarini ilgari surgan bo‘lib, FIDE tomonidan nomaqbul deb topilgan. U bilan kelishishga bo‘lgan urinishlar foyda bermagan va FIDE Fisherni jahon chempioni nomidan mahrum etgan, yangi jahon chempioniga esa Sobiq Ittifoq grossmeysteri Anatoliy Karpov aylangan.

    Mojarolar domidagi shaxmatchi

    Fisher nafaqat mashhur shaxmatchi, balki ko‘plab mojarolar markaziga tushib qoladigan inson sifatida ham tanilgan. U doim o‘zini chempionatning boshqa ishtirokchilaridan ustun tutib kelgan, qo‘shimcha imtiyozlar talab qilgan, reglamentni buzgan, jumladan, buni tez-tez va namoyishkorona amalga oshirgan. Maishiy qulaylik va musobaqani o‘tkazish tartiblari borasidagi talablari tashkilotchilarga ko‘plab muammolarni yuzaga keltirgan.

    Masalan, Fisher uning ishtirokidagi partiyalar kechasi, soat 16:00 dan erta boshlanmasligini talab qilgan, chunki u juda kech uyg‘ongan, mehmonxonalarning esa faqat “lyuks” raqamlarida yashashga rozi bo‘lgan.

    Shaxmatchiga bog‘liq bo‘lgan misollardan biri — 1967-yili Tunisning Sus shahrida o‘tkazilgan mavsumlararo turnirdir. O‘shandan Fisher diniy qarashlari sabab juma kuni umuman shaxmat o‘ynamasligini, shanba kuni esa soat 19:00 dan erta o‘ynashini ma’lum qilgan. Tashkilotchilar turnir jadvalida buni inobatga olgan, biroq shundan keyin Fisher shanba kuni barcha ishtirokchilar o‘z partiyasini u bilan bir vaqtda boshlashini talab qilgan. Mazkur talab rad etilgach, Fisher bosh sudya Dyakoneskuga “Siz kommunistsiz!”, deya jahl qilgan.

    Jahon chempionligi uchun Boris Spasskiy bilan musobaqa 1972-yilda Reykyavikda o‘tkazilgan. Uni tashkillashtirish qiyin muzokaralar orqali amalga oshirilgan. Bellashuvning mukofot fondi shaxmat tarixida birinchi marta 250 ming dollarni tashkil etgan (2018-yil holatiga ko‘ra, bu 1,5 million dollar demak). Matchni bir necha bor bekor qilishga urinishlar bo‘lgan: Fisher ochilish marosimiga, keyin ishtirokchilarning qur’asiga kelmagan, ikkinchi partiyani o‘tkazib yuborib, yangi talablarini ilgari surgan. Shunga qaramay, musobaqa Fisherning g‘alabasi bilan yakunlangan.

    Foto: AP Photo

    Mazkur g‘alabadan keyin Fisher AQSHda milliy qahramon sifatida kutib olingan. AQSHga qaytishi bilan uni prezident Nikson Oq uyga taklif qilgan, biroq u buni quyidagicha bahona bilan rad etgan: “Ovqat chaynayotganimda og‘zimga qarashlariga chiday olmayman”.

    G‘arb matbuoti Fisherni ko‘klarga ko‘tara boshlagan, ko‘plab mashhur insonlar — qo‘shiqchilar, aktyorlar — u bilan do‘stlashish va undan shaxmat o‘ynashni o‘rganishni xohlashardi. Fisherning g‘alabasi G‘arbda ushbu o‘yinning ommalashishiga xizmat qilgan.

    Fisherning o‘zi sodir bo‘layotgan voqealarga xotirjam qaragan, odatdagi hayot tarzini davom ettirgan. Intervyu berishni istamagan, faqat tor doiradagi do‘stlari bilan muloqot qilishni ma’qul ko‘rgan, ko‘p millionlik reklama shartnomalaridan voz kechgan (mish-mishlarga ko‘ra, Fisherga Volkswagen avtomobilini reklama qilishni taklif qilishgan, biroq u tovar bilan shaxsan tanishib chiqqan va uning ko‘plab kamchiliklariga guvoh bo‘lganda “o‘z joniga qasd qiladiganlar uchun avtomobil reklama qilmayman” degan). U o‘zi ishtirok etadigan jamoatchilik tadbirlariga narx belgilagan: xat o‘qib berishi uchun 1000 dollar, telefonda muloqotga — 2500, shaxsiy uchrashuvga — 5000, intervyu uchun — 25 ming dollar.

    Spasskiy bilan matchdan oldin Fisher jurnalistlarga shaxmat tojini qo‘lga kiritgach, butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishi va katta gonorarlar evaziga o‘ynashini, shaxmat dunyodagi eng qimmat o‘yinga aylanishini aytgan. Biroq ushbu bahsning so‘nggi partiyasi Fisherning rasman oxirgi o‘yiniga aylangan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo
    Spasskiy (chapdan) va Fisher

    1996-yildan boshlab Fisher OAVda tez-tez chiqishlar qilib, AQSH hukumati va yahudiylarni keskin qoralashga tushgan. 1999-yilda Vengriyadagi radioefir u yahudiylarni so‘kkani uchun to‘xtatilgan. Shuningdek, u Filippin radiostansiyasiga intervyuda “Al-Qoida”ning harakatlari va 11-sentyabr voqealarini oqlashini ma’lum qilgan.

    2003-yilning dekabrida AQSH Davlat departamenti Fisherning pasportini rasman bekor qilgan. Shaxmatchining o‘zi bundan 2004-yilning 13-iyulida — Yaponiyadan Filippinga uchayotgani bilib qolgan — o‘shanda uni mamlakat hududiga noqonuniy kirgani uchun immigrantlar qamoqxonasiga joylashtirishgan. AQSH shu zahoti Fisherni jinoyatchi sifatida topshirishlarini so‘ragan. Qamoqdaligida Fisher Amerika fuqaroligidan voz kechishi haqida xat yozib, siyosiy boshpana so‘ragan.

    Fisher qamoqxonada 8 oy qolib ketgan, bu vaqt davomida Miyoko Vatai (yaponiyalik shaxmatchi, ayollar o‘rtasidagi xalqaro toifadagi usta) unga oila qurish taklifini bergan. Serbiya va Chernogoriya, Germaniya va Islandiya esa Fisherga fuqarolik berishga tayyorligini ma’lum qilgan, 2005-yilning 24-martida u Islandiyaga deportatsiya qilingan. Yaponiyadan uchib ketish vaqtida Fisher jurnalistlarga o‘zining hibsga olinishini odam o‘g‘irlash deb atab, Jorj Bush va Yaponiya bosh vaziri Koidzumini ayblagan.

    2007-yilda Fisher buyrak yetishmovchiligi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Unga operatsiyani taklif qilishgan, ammo u buni rad etgan. Buning oqibatida Fisher 2008-yilning 17-yanvarida vafot etgan va u Reykyavikdan 50 kilometr naridagi Selfoss shaharchasidagi qabristonga dafn etilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    01.09.2022, 09:30   Izoh (0)   61946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2-sentabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

    01.09.2022, 09:05

    O‘zmilliybankdan imtiyozli ta’lim krediti!

    01.09.2022, 09:00

    Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

    01.09.2022, 08:47

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Mustaqillik bayrami — suratlarda

    31.08.2022, 23:59

    O‘zbekistonga kofe eng ko‘p Italiyadan import qilinmoqda

    31.08.2022, 23:51

    Sahnada Rayhon va Shohjahon Jo‘rayev, harbiylar chiqishi, bayram mushakbozligi: Farg‘onada o‘tkazilgan mustaqillikning 31 yilligi tantanalaridan reportaj

    31.08.2022, 23:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.