Daryo

O‘zbekistonda kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati shakllantiriladi

“O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi

1 daqiqa o‘qish23 770 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmon bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:
  • O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • Mazkur strategiyani 2022—2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.
Moliya vazirligi tarkibida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi.

2022-yil 1-sentabrdan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi.

Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi.

2023-yil 1-martgacha davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati shakllantiriladi.

2023-yil 1-iyulgacha kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlari tasdiqlanadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar