Daryo

O‘zbekistonda ayrim toifa o‘qituvchilarga har oy qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Ustama xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida beriladi

1 daqiqa o‘qish40 362 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida“gi prezident farmoni imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Qayd etilishicha, hujjatga binoan, ayrim toifadagi o‘qituvchilarga har oy qo‘shimcha ustamalar to‘lash belgilandi. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Ustama xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida beriladi.

Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida to‘lanadi. Bunda milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno) ustama (har oylik) to‘lanadi.
  • 2025-yil 1-yanvarga qadar ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to‘lanadi;
  • har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;
  • umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar