• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Namangandagi noyob Qur’oni karim qo‘lyozmasini o‘g‘irlagan shaxslar kitobni xorijga sotishni rejalashtirgan” — IIB tergovchisi (video)

    Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohidan noyob Qur’oni karim qo‘lyozmasini o‘g‘irlagan shaxslar kitobni xorijga sotishni rejalashtirgan. Bu haqda tuman IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek Yoqubov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yoqubovning qayd etishicha, ayblanuvchilar jinoyatga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Egnilarida kapyushonli kiyim, yuzlarida niqob, qo‘llarida maxsus qo‘lqop va kitobni turgan joyidan olish uchun zarur asbob-anjomlar bo‘lgan. O‘g‘rilikni amalga oshirgandan so‘ng noma’lum yo‘nalishda yashirinishgan.

    “Yuz bergan holat haqida xabar olinganidan so‘ng zudlik bilan tezkor guruh tuzildi va qidiruv-surishtiruv ishlariga kirishildi. Ziyoratgoh xodimlari, yon-atrofda yashovchi fuqarolar so‘roq-savol qilindi. Muqaddam sudlangan va jinoyatga moyilligi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratildi”, — deydi tergovchi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchilardan biri, 1983-yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan, muqaddam qotillik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun ikki marta sudlangan shaxs qo‘lga olindi. U avvaliga aybini tan olmagan bo‘lsa-da, psixologik ta’sir va keltirilgan fakt-dalillar ortidan qilmishiga iqror bo‘ldi. Jinoiy sherigi va kitob qayerda saqlanayotgani ma’lum qildi.

    Chortoq tuman IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek Yoqubov.

    Chortoq tuman IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek Yoqubov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shundan so‘ng uning Namangan shahrida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan sherigi qo‘lga olindi. Kreditlar va oldi-berdilar hisobiga 20 ming dollar atrofida qarzi bo‘lgan ushbu shaxs chortoqlik tanishining kitobni o‘g‘irlab, sotib, shundan so‘ng qarzlarni to‘lash haqidagi taklifiga rozilik bergan. Kitob esa o‘g‘irlanganidan so‘ng uning Namangan shahri, Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi singlisining uyida go‘yoki birovning omonati sifatida saqlangan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Ayblanuvchilar kitobni xorijda sotishni rejalashtirgan, chunki buni O‘zbekistonda imkoni yo‘qligini juda yaxshi anglagan. Kitob qadimiy va qimmatbaho ekanligini ham bilishgan. Biroq ularning bu jinoiy rejasi amalga oshmadi. Kitob bus-butun, ziyon yetmagan holatda topildi va avvalgi joyiga qaytarildi. Hozirda qo‘lyozma saqlanadigan hudud Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlanmoqda”, — deydi Ulug‘bek Yoqubov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Hozirda mazkur jinoiy ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mavzuga doir:

    • “Daryo” surishtiruvi: Noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va O‘zbekistonda Usmon Mus’hafidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi Namanganga qanday kelib qolgandi?
    • Namanganda Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi (video)
    • Namanganda 10 kun avval o‘g‘irlab ketilgan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi yana o‘z joyiga qaytarildi

    30.08.2022, 23:02   Izoh (0)   10357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Range Rover mashinasida boshqalarga xalaqit berib harakatlangan haydovchi jazolandi

    30.08.2022, 22:36

    Toshkentning Yashnobod tumanidagi podstansiyada nosozlik yuz berdi (video)

    30.08.2022, 21:44

    Yaponiya meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi

    30.08.2022, 21:23

    Qoraqalpog‘iston voqealarida qo‘lga olingan 10 kishining qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi

    30.08.2022, 21:19

    Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni 5,6 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

    30.08.2022, 21:18

    Nozim Xolmurodov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    30.08.2022, 20:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.