Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Hosilot” podstansiyasida (ushbu podstansiya Mirobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi) 30-avgust kuni nosozlik yuzaga keldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, nosozlik sabab Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzabod, Eski Otchopar va Oqbilol ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda avariyaga qarshi maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi ta’minoti tiklanadi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev nosozlik bartaraf etilayotgan joyga yetib borgan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)