Nozim Xolmurodov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Xolmurodov Nozim Qosimovich 1977-yil Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Turkiyadagi Gazi universitetini va 2005-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassiligi — iqtisodchi-statist.
Oldinroq Nozim Xolmurodov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Mavzuga doir: Jamshid Xo‘jayev investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi
Izoh (0)