Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yil 10-avgustga o‘tar kechasi Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlanayotgan Qur’oni Karim qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shokirjon Hoshimovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlardan biri Chortoq tumani, ikkinchisi esa Namangan shahrida yashovchi fuqarolar bo‘lgan.

Kitob Namangan shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birida saqlab kelingan.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qur’oni Karimning qo‘lyozma nusxasiga hech qanday zarar yetmagan.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Gumonlanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoqqa olingan. Hozirda oldinroq qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlangan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi hajmi jihatidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Usmon Mus’hafidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.

Mavzuga doir: “Daryo” surishtiruvi: Noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va O‘zbekistonda Usmon Mus’hafidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi Namanganga qanday kelib qolgandi?

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi