Surxondaryo viloyati Angor tumanida bank kreditini o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tuman IIB huzuridagi tergov guruhining xabariga ko‘ra, 10-avgust kuni Muzrabot tumanida yashovchi T.B. tuman IIBga ariza bergan. Unda tijorat banklarining biridan 2022-yil may oyida uning nomiga 30 million so‘m chiqarilgan kredit mablag‘i ta’minotchilar bilan tuzilgan shartnomaga asosan Sherobod tumanida yashovchi Ch.D. va K. ismli shaxslarning hisob raqamiga o‘tkazib berilganini, ular esa o‘tkazilgan pullarning o‘rniga chorva mollarini bermasdan yurganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ch.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)