Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida turar joy qurilishida jami 8 trillion 893,2 milliard so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Turar joylar qurilishida o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmida:
- respublika budjeti mablag‘lari hisobidan – 87 milliard so‘m;
- korxona va tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan – 21 milliard so‘m;
- aholi mablag‘lari hisobidan – 7 trillion 553,3 milliard so‘m;
- boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan – 1 trillion 231,7 milliard so‘m.
Izoh (0)