Toshkent shahrida 2—5-avgust kunlari kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shahar aholisi va mehmonlaridan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temir qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralgan.
“Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchilik bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)