• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bloklash nimadandir qo‘rqishimizni ko‘rsatadi” — faollar Facebook, Telegram, Instagram, TikTok, Twitter va boshqa tarmoqlar bloklanishi haqida

    O‘zbekistonda 2021-yil 28-may kuni “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni buzgani vaj qilinib bloklangan Twitter tarmog‘i kecha, 1-avgust kuni blokdan chiqarildi. O‘tgan yili 26-iyunda bloklangan TikTok platformasi ochilishi bo‘yicha ham muzokaralar bo‘layotgani bildirildi. Bundan avval yuqoridagi ayblov bilan Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, “Odnoklassniki” faoliyati ham rasman cheklangandi va jamoatchilikning keskin noroziligi sabab tezda blokdan chiqarilgan. Umuman olganda, respublikada ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishida qanday mantiq va muddaolar bor? Nima uchun aynan Twitter yoki TikTok blokda qolib, qolgan tarmoqlar ochilgandi? “Daryo” ushbu savollar bilan bir necha jamoatchilik faollariga yuzlandi.

    Foto: “gadgetpage.ru”

    Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning aytishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlar blokda qolib ketgani hukumatdagi turli qarashlar ifodasi bo‘lishi mumkin.

    “Dunyoda, ba’zi bir davlatlarda Twitter eng asosiy ijtimoiy tarmoqlardan hisoblanadi. O‘zbekistonda esa eng ko‘p foydalaniladigan tarmoqlar – Facebook va Telegram, Twitter yoki boshqa bir necha ijtimoiy tarmoqlarning bir vaqtlar qora ro‘yxatda qolib ketgani O‘zbekiston mutasaddilaridagi har xil qarashlarning ifodasi hisoblanadi. Bunda ikki xil qarashni keltirish mumkin.

    Foto: Facebook / Kamoliddin Rabbimov

    Birinchidan, globallashgan dunyoda so‘z erkinligi yoki axborot oqimini nazorat qilish imkonsiz. Shuning uchun erkinlik berish va davlatning o‘zi yoki davlat bilan jamiyat hamkorlikda katta va ishonarli axborot kontentini yaratish kerak, degan tarafdorlar bor.

    Ikkinchidan, eski – ancha keng qatlamdagi amaldorlar borki, ular chuqurlashib o‘tirmasdan, oddiygina bloklab qo‘yish orqali axborot oqimi bilan kurashish kerak, deb hisoblaydi. Bunday qatlamda bloklash nima oqibatlarga olib kelishini o‘ylashga keyinroq vaqt bo‘lar, degan qarash bor. Demak, ayrim ijtimoiy tarmoqlarning ochilishi davlat hokimiyatida zamonaviy qarashdagi, dunyodagi tendensiyalarni yaxshi tushunadigan shaxslarning vazni biroz ortgani bilan ifodalanadi”, – dedi ekspert.

    O‘zbekistondagi deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning 27-1-moddasi asosida “Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritilgandi deyish mumkin. Bu moddada shunday deyiladi: “Mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shart”.

    Mazkur modda qonunga 2021-yil 14-yanvardagi qonun bilan kiritilgan bo‘lib, uning amal qilishi 2021-yil 15-apreldan boshlangan.

    Kamoliddin Rabbimovning aytishicha, 27-1-moddasidagi talabni birorta ijtimoiy tarmoq bajarmagan. Lekin shunga qaramay aynan Twitter yoki TikTok blokda qolib ketgan.

    “Modda bo‘yicha ko‘rsatilgan bazalarni hech kim olib kelgani yo‘q, olib kelmaydi ham. Chunki texnik jihatdan bu imkonsiz. Aytaylik, faqat o‘zbekistonliklarning butun muloqoti faqat bitta serverda turishining imkoni yo‘q. Ya’ni serverlarni O‘zbekistonga olib kelib bo‘lmaydi. Chunki bir marta serverda tok o‘chadigan bo‘lsa, undagi hamma informatsiya ketadi. Buni texnik va texnologik, huquqiy tomonlari ham bor. Ya’ni ijtimoiy tarmoqqa odamlarni kirishga hech kim majburlamayapti. Nima uchun bularni ba’zilari ochiq qoldi, boshqalari yopildi, deganda, hukumatda bular yopiq qolaversin, hech kim talab qilmaydi, degan yondashuv bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Masalan, Facebook’ni bir kun yopadigan bo‘lsa, qiy-chuv bo‘lib ketadi. Telegram’ni yopishning o‘zi ilojsiz narsa deb o‘ylayman”, – dedi siyosatshunos.

    Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham mazkur moddadagi talablarni birorta tarmoq bajarmasa-da, nega ikki xil talqin qilinayotgani, bir necha tarmoqlar ishlab, qolganlari blokda qolayotgani borasida fikrlarini bildirdi.

    Rasul Kusherbayev

    Rasul Kusherbayev
    Foto: “Daryo”

    “Yaqinda men Twitter, TikTok va boshqa tarmoqlarning nima uchun bloklangani, shu qonunning talabi nega ikki xil yondashuv asosida ketayotgani yuzasidan “O‘zkomnazorat” boshlig‘iga, ya’ni vakolatli davlat organiga deputatlik so‘rov yuborgandim. Ular oldi-qochdi javoblar berishgan edi. Lekin o‘shanda tarmoqlarni ochish bo‘yicha ishlar ketayotgani aytilgan. Men bundan qoniqmaganman. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchani, ya’ni keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarni bloklashga asos bo‘lgan qo‘shimchani antikonstitutsion qo‘shimchalar deb hisoblaganman va boshqa deputatlarga ham bunga ovoz bermaslik kerak deb aytganman. O‘sha vaqtda har xil ta’sirlarning oqibatida bu qonun o‘tib ketgan. O‘ylaymanki, bu mantiqsizlik hozir o‘zining yakuniga yetyapti. Bundan keyin mas’ullar axborotni o‘zlari istagan ommabop tarmoqlarni cheklash orqali bir natijaga erishamiz deyishi noto‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Men bunday shaxslar o‘zlarini ustida ko‘proq ishlashlari, bilimlarini oshirishlarini so‘ragan bo‘lar edim. Har qalay qisqa vaqt davomida bu cheklovda bo‘lgani davlatimiz rahbari tomonidan ochiqlik bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ma’lum vaqt to‘xtab qolishi, qotib qolishga olib keldi va xohlaymizmi, yo‘qmi qisqa muddatga dunyo bo‘yicha O‘zbekistonni obro‘si tushishiga sabab bo‘ldi” – dedi deputat.

    Iqtisodchi Abdulla Abduqodirovning aytishicha, O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi chet ellik investorlarning respublikaga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    “Bizda shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonun bor. Afsuski, u Rossiya Federatsiyasidan ko‘chirilgan. Uni jamoatchilik muhokama qilmagan. Berilgan takliflar umuman hisobga olinmagan. U g‘alati va tushunarsiz qonun. Menimcha, uni bekor qilish kerak. Chunki u yerda ko‘rsatilgan normalarning hech qaysi birini o‘zini hurmat qilgan, butun dunyoda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy tarmoqlar–aytaylik Facebook, Twitter, TikTok va boshqalar qabul qilmaydi. Chunki O‘zbekistonda 35 million aholi bor. Ularning auditoriyalari bir necha milliard kishini qamrab olgan.

    Ikkinchidan, bizda g‘alati hodisalar bor. Xo‘p, birorta ijtimoiy tarmoqni blokladik, deylik. VPN’ni nima qilamiz? U orqali odamlar o‘sha tarmoqlardan bemalol foydalanyapti. Demak, bu bloklashning na mantiqiy, na amaliy tomondan hech qanday foydasi yo‘q. Jamiyatimizning 90 foiziga bu narsaning ahamiyati ham yo‘q. Lekin aholining 10 foizi jamiyatimizning eng faol qismi bo‘lib, ularga buning ahamiyati bor. Eng qizig‘i, bizga chet el investitsiyalari, xorijlik hamkorlar kerak, deb aytamiz. Biz o‘zimizni bunday tutishimiz bilan, ya’ni ijtimoiy tarmoqlarni bloklash orqali nimalardandir qo‘rqqanimiz yoki ehtiyotkorligimizni bildirib qo‘yamiz. Chet ellik hamkorlarda o‘zimizga bo‘lgan ishonchni kamaytiramiz”, – dedi mutaxassis.

    Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarovning aytishicha, ijtimoiy tarmoqning bloklanishi davlat va jamiyat o‘rtasidagi erkin muloqotni to‘sadi.

    Muxtor Umarov

    Muxtor Umarov
    Foto: Savdo-sanoat palatasi

    “U qaysi taraf bo‘lishidan qat’i nazar, tadbirkorlik nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, bizga ijtimoiy tarmoqdan foydalangan holda qisqa vaqtda ko‘p ma’lumot olish qulay. Bu tarmoqlar tadbirkorlar bilan hukumat o‘rtasidagi muloqot maydonidir. Masalan, Twitter’da amaldorlardan biri chiqib, qonunchilikdagi tadbirkorlarga oid biror muhim yangilikni yozsa, bu signali ishbilarmonlarga millonlab dollar foyda keltirishi mumkin. Nega chet elda davlat rahbarlari va amaldorlar tvitlarini xalq kuzatib turadi? Chunki ular beradigan ma’lumotlar ko‘pchilik faoliyatiga bevosita bog‘liq”, – dedi mutaxassis.

    Umuman olganda, bu mavzu bir yildan ortiq vaqt davomida ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan muhokama qilib kelinadi. Ammo qonundagi noto‘g‘ri yoki qo‘shimcha kiritilgan deb aytilayotgan modda qachon o‘zgartirilishi yoki unga qachon amal qilinishi noma’lum. Hatto Twitter’ning ochilishiga nima sabab bo‘lgani ham ma’lum qilinmadi.

    02.08.2022, 18:52   Izoh (0)   10866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vladimir Norov: “O‘zbekiston—Ozarbayjon—Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi

    02.08.2022, 18:09

    “Tergovni davom ettirish uchun pul so‘radi — isbotim bor”. Qashqadaryolik tadbirkor IIB mansabdorini tamagirlikda ayblamoqda (video)

    02.08.2022, 17:52

    Toshkentda o‘quvchini maktab devori bosib qolgani aytilmoqda

    02.08.2022, 17:40

    Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak chet ellik qizni pichoqlab o‘ldirdi

    02.08.2022, 17:08

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

    02.08.2022, 17:03

    Namanganda maktab direktori ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgani aniqlandi

    02.08.2022, 15:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Iordaniya G‘azo aholisiga yordam berish uchun “havo ko‘prigi” tashkil qiladi

    Dunyo | 28 iyul, 23:46

    Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

    Dunyo | 28 iyul, 23:35

    Mirabror Usmonov kubogi — 2025. O‘zbekiston U-23 hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 28 iyul, 23:21

    “Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian

    Dunyo | 28 iyul, 23:21

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 23:09

    “Rossiya-Ukraina urushi allaqachon tugashi kerak” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 28 iyul, 23:00

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.