Sirdaryo viloyati Xovos tumanida uyida ov quroli saqlab kelgan shaxs aniqlandi.
Xovos tuman IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan. Tadbir davomida 1954-yilda tug‘ilgan, Xovos tumanida yashovchi N.X.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan vaqtda hovlisida joylashgan eski molxona ichidan 4 dona ov quroli patroni borligi aniqlangan.
Ov quroli daliliy ashyo sifatida olindi. Hozirda Xovos tumani IIB JQB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)