Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan fuqaro ushlandi.
2022-yilning 21-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida, Turkiston ko‘chasi 4-uy oldida o‘zini shubhali tarzda tutgani uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Oqibatda u gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)