“Barselona” uchinchi iqtisodiy dastakni faollashtirdi.
Bu haqida kataloniyaliklar prezidenti Xoan Laporta ma’lum qildi.
“Barca Studios’ning 25 foizini 100 million yevroga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Klub a’zolari uning 49 foizini sotishga ruxsat bergandi, ammo biz ‘Socios.com’ bilan 25 foizga kelishib oldik”, — deydi Laporta.
Barca Studios klub uchun ijodiy mahsulotlar yaratuvchi kompaniya hisoblanadi.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” Sixth Street kompaniyasiga La Liga o‘yinlari telehuquqining 15 foizini 25 yilga bergani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, ushbu kelishuv natijasida “Barselona” 320—330 dan 400 million yevrogacha daromad qiladi. Undan oldin kataloniyaliklar shu kompaniyaga telehuquqlarning 10 foizini 207,5 million yevroga sotgandi.
Izoh (0)