“Manchester Yunayted” 31-iyul kuni “Rayo Valyekano” bilan o‘rtoqlik o‘yini (1:1) o‘tkazdi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ham ishtirok etdi. Portugaliyalik futbolchi golli vaziyatlarda ishtirok etmadi va tanaffus vaqtida zaxiraga olindi.
37 yoshli hujumchi o‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganda “Old Trafford”ni tark etgan. Muxlislar Ronaldu bilan stadion atrofida suratga tushishga ulgurgan.
O‘yindan so‘ng Krishtianu Twitter sahifasiga “Qaytganimdan xursandman”, deb izoh qoldirdi.
Ronaldu mankunianliklarning mavsumoldi yig‘ini doirasidagi beshta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Ushbu o‘yinlarda “qizil iblislar” 3 ta g‘alabaga erishdi, bitta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etdi.
Izoh (0)