• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ulug‘bek Qodirov 42 yoshda: aktyor mashhurlik cho‘qqisida nega AQSHga ketgandi?

    Ulug‘bek Qodirov bugungi kunning eng iqtidorli o‘zbek aktyorlari biri. Oxirgi suratga tushgan “Uch qahramon” filmi ham ko‘plab eʼtiroflarga sazovor bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Ulug‘bek Qodirov tasodifan aktyor bo‘lgan. Ko‘plab hamkasblari singari bolalikdan sanʼatga qiziqmagan, bu sohani tanlagani yaqinlari uchun ham kutilmagan yangilik bo‘lgan.

    Aktyor  1983-yilning 3-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Nosir, onasi Farida Qodirovalar kamtarona hayot kechirishgan. Ular ikki o‘g‘il va uch qiz farzandni tarbiyalashgan.

    “Harbiy bilim yurtini tamomlash nasib qilmadi”

    Nosir va Farida Qodirovalar kenja o‘g‘illarining harbiy soha vakili bo‘lishini orzu qilishadi. Chunki uning bo‘ylari baland, sportga bo‘lgan qiziqishi ham yuqori edi. Afsuski, yosh Ulug‘bekka harbiy bo‘lish nasib etmadi.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Ota-onam haqiqatan ham harbiy bo‘lishimni orzu qilishgandi. 15 yoshimda Toshkentdagi Suvorov nomli harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirdim, ammo uni bitirish menga nasib qilmadi. Kutilmaganda ko‘richak bo‘lib qoldim. Jarrohlik operatsiyasidan keyin shifokorlar jismoniy mashqlar bajarishni maʼlum muddatga taqiqlashdi. Ota-onam meni oddiy maktabga qaytarishga qaror qilishdi. Shunday qilib, harbiylik kasbi haqidagi orzu o‘z-o‘zidan barham topdi. Ammo bolaligimdan sportga qiziqishim yuqori bo‘lgan. Biroq o‘zim ham, atrofimdagi insonlar ham aktyor bo‘lishimni xayollariga keltirishmagan.

    Bolaligim boshqalarnikidan farqli o‘tgan deyolmayman. Ota-onam kun bo‘yi ishda bo‘lishardi, biz esa uyda qolardik. Onam uy ishlarini barchamizga bo‘lib ketardi. Hamma zimmasiga yuklatilgan ishni qilishga majbur edi. Dadam o‘qimishli inson bo‘lgani uchun “Saodat” jurnaliga obuna bo‘lardi. Ishga ketayotganda jurnalning qaysi sahifalarini o‘qishimizni ham belgilab ketishardi, deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.

    “Institut ostonasida qonim to‘kilgan”

    Sanʼat institutiga hujjatlarimni tasodifan topshirganman. Institut binosi oldida ro‘y bergan voqeani taqdirning belgisi sifatida qabul qilganman.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Bahorning iliq kunlarining birida do‘stlarim bilan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli milliy bog‘ga aylangani bordik. O‘sha kunlari onam menga yangi poyabzal olib bergandilar. Ko‘p yurganimdan tufli oyog‘imni shilib tashladi. Ammo yurishdan to‘xtamadim. Shunda xayolimga sanʼat institutining oldiga yetib olsam bo‘ldi, degan fikr keldi. Institut binosi oldiga yetib borganimda, oyog‘im yanada ko‘proq qonay boshladi. Bu qon institut darvozasi oldiga to‘kildi. O‘sha kuni kechqurun onamga “Sanʼat institutiga hujjat topshiraman!”, deb aytdim. Onam “Bu nima deganing?”, deb hayron bo‘ldilar. “Qonim to‘kilgan joyga o‘qishga kirmasam bo‘lmaydi”, deya javob berganman, deydi Ulug‘bek Qodirov.

    Ulug‘bek Qodirov bo‘sh vaqtida detektiv janridagi kitoblar o‘qishni yaxshi ko‘radi.

    Fe’l-atvori — o‘zini kamgap, bosiq inson deb ta’riflaydi.

    U hurmat qilgan aktyorlar — Al-Pachino, Alen Delon, Bred Pitt.

    Instagram’da 2,2 mln obunachisi bor va u ikki brendning ambassadori hisoblanadi.

    “Kichik epizod rolga tasdiqlashgan ekan”

    Aktyor 2000-yil O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga qabul qilingan. U institutning eng ko‘rkam talabalaridan biri bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik uning sahnaga moslashib ketishiga shubha qilgandi. Bunga aktyorning injiqligi va biroz jizzakiligi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Ilk rolimni 2001-yili “Ayol zoti” serialida ijro etganman. “Kastingdan o‘tding”, deyishganida rosa xursand bo‘lgandim. Ammo kichik epizodga tasdiqlashgan ekan. Kamera qarshisida hayajon albatta bo‘lgan, ammo rolga moslashishim qiyin kechmagan. 2004-yili institutni bitirgandan so‘ng ketma-ket yangi filmlarga takliflar bo‘ldi. “Devona” va “Sarvinoz” filmlarida suratga tushganimdan keyin odamlar taniy boshlashdi, deydi aktyor.

    “Otamga rollarimni ko‘rish nasib etmadi”

    Aktyorning muvaffaqiyatli rollari ko‘p, ammo uning tanilishida “Sarvinoz” va “Baxt uchun million” rollari ko‘proq hissa qo‘shgan. Chunki 2005-yilda unga “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasida g‘oliblik nasib etgan.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — 2004-yili ijodimdagi eng barakali yillardan biri bo‘lgan. Ammo hayotimda og‘ir judolik bo‘lgani bilan ham xotiramda qolib ketgan. Chunki endi tanilib, filmlarim namoyish etilayotgan pallada otamdan ayrilib qolganmiz. Otamga filmlarimni ko‘rish, premyeralarda old qatorda o‘tirib, tomosha qilish nasib etmagan. Bundan ko‘p afsuslanaman, deydi aktyor.

    Ulug‘bek Qodirov bir oy yashab, ajrashgan…

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov 2012-yilning sentyabr oyida oila a’zolarining qistovi bilan uylangan. To‘y katta dabdaba bilan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, kuyov bir oydan keyin ajrashishga qaror qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, bunga kelinni yoqtirmay uylangani sabab bo‘lgan. 2013-yilning aprel oyida esa aktyor “Shahrizoda” guruhining aʼzosi Aziza bilan oila qurgan. Ular 2014-yili Iymona, 2016-yilda Amirbek, 2025-yilda esa Zubayda ismli farzandlarning ota-onasi bo‘lishgan. Ammo aktyor oilasi haqida gapirishni istamaydi, ular bilan bog‘liq foto va videolarni ham omma bilan bo‘lishmaydi.

    “Osiyo arsloni” uchun tashlangan katta vazn

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov uchun qisqa muddatda ozish yoki semirish muammo emas. U “Aka” filmi uchun 26 kilogrammga semirgan. “Baron” filmi uchun esa avvalgi vazniga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor qisqa vaqtda 25 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Aktyorning taʼkidlashicha, u to‘plagan 120 kilogramm vazndan rol va salomatligi uchun voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Bu yil ham rol uchun katta vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. “Osiyo arsloni” filmida asosiy rolni ijro etyapman. Kuchaytirilgan parhez sabab 25 kilogramm vazn tashladim, deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.

    Nega AQSHga ketgandi?

    Ulug‘bek Qodirov oilasi bilan AQSHga ko‘chib ketgani maʼlum qilgandi. Ammo biror marta xorijga ketishining sabablarini ochiqlamadi. Faqatgina uning yaqin do‘sti va sport murabbiysi Habibulla Nizomov buning ayrim sabablarini maʼlum qilgandi.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Filmlarda o‘zbek aktyorlariga salbiy rol yoki ikkinchi darajali rollarni berib, asosiy rollar rus yoki turk aktyorlariga berila boshladi. Bir filmda kelishilgan gonorarni berishmagan. Qayta-qayta so‘rab, agar pulimni bermasangiz, dublyajga bormayman, deganidan keyin kinoni buyurtma qilgan tashkilotga ro‘para qilib qo‘ygan. Tasavvur qiling, gonorarni kelishgan odam qo‘rqitish uchun boshqa tashkilotni ro‘para qilib qo‘ygan. Balki, adolatsizliklarni ko‘rib, men o‘zim yangidan hayot boshlab, alohida yashab ko‘ray, degandir, degandi Habibulla Nizomov.

    Pitssa tarqatish bilan shug‘ullanganmi?

    Aktyor birorta intervyusida AQSHdagi faoliyati haqida gapirmagan bo‘lsa-da, tinib-tinchimas muxlislar uning nima bilan shug‘ullanganini aniqlashgan. U barcha muhojirlar singari pitssa tarqatish bilan shug‘ullangan emish.

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov
    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Muhimi, aktyor 3-4 yillik xorij safaridan so‘ng O‘zbekistonga qaytdi va bir nechta tarixiy loyihalarda suratga tushdi. U suratga tushgan “Alfons” seriali ham ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, aktyor qo‘shiqchilik faoliyatini ham boshladi.

    4 avgust, 17:35   Izoh (0)   725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Microsoft Hindistondagi neft kompaniyasini Rossiya bilan aloqalari tufayli xizmatlardan uzib qo‘ydi

    Dunyo | 4 avgust, 20:15

    Samarqandda mansabdor daraxtlarni ko‘chirishga “amr” qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:00

    Saudiya klublari Grinvud uchun 80 million yevro taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 19:47

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:35

    Janubiy Koreyada sud kompaniyani xodimning alkogoldan vafot etishida aybdor deb topdi

    Dunyo | 4 avgust, 19:22

    Qarshida uyining tomorqasida “kannabis” yetishtirayotgan fuqaro fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:00

    “Qizil sharbat” seriali yulduzi Sila Turko‘g‘lu turmushga chiqmoqda, yangi “Hukmdor Usmon” kim? turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 4 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.