• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Laylo, Rahmatilla Mirzayev va qotillik qurboni bo‘lgan boshqa o‘zbekistonlik mashhurlar

    Ularning ham yashashga, hayot zavqini his qilishga haqlari bor edi. Afsuski, ular qotillik qurboni bo‘lib, hayotni juda erta tark etishdi. Quyida o‘zbek sanʼati, madaniyati va sportiga hissa qo‘shgan ana shunday taqdir egalarining o‘limiga nima sabab bo‘lganini xotirlaymiz.

    Turmush o‘rtog‘i qo‘lida jon bergan aktrisa

    Bugungi tomoshabinlar aktrisa Tursunoy Saidazimovani tanimasligi mumkin. Ammo u o‘z davrining eng yetakchi ijodkorlaridan biri bo‘lgan. U 17 yil umr ko‘rgan va turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiyona o‘ldirilgan.

    Aktrisa 1911-yil Toshkentda tug‘ilgan. Taqdir taqozosi bilan uning hayoti fojiali yakun topgan. 1928-yilning 10-mayida 17 yoshida Buxorodagi gastrol safari chog‘ida turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi. Aktrisaning fojiali o‘limi sanʼat ahlining qalbini larzaga keltirgan.

    O‘zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori Yoqubov Tursunoy o‘ldirilganda shunday degan ekan: “Dushmanlar qo‘yishmayapti. Mayli, bitta shahid ketgan Tursunoyning o‘rniga yuztasini tayyorlayman”. Hamza Hakimzoda Niyoziy esa unga atab “Tursunoy marsiyasi”ni yaratgan.

    Ayanchli qotillik qurboni bo‘lgan Laylo

    Xonanda Laylo Aliyeva 1998-yil 1-may kuni 23 yoshida mashhur hamkasblari qotilligining qurboni bo‘lgan.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    1990-yillarning o‘zbek tinglovchilari uchun megayulduz hisoblangan Laylo Aliyeva ikki yasharligidan sanʼatning moda yo‘nalishiga kirib kelgan. O‘n yoshida go‘zallik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan. Qo‘shiq kuylab, kliplarda ko‘rinish berib, omma eʼtiboriga tushgan hamda minglab muxlislar orttirgan. Bobosi zargar bo‘lgani tufayli Laylo ham bolaligidan tilla taqinchoqlarni yaxshi ko‘rgan. Layloning o‘ldirilishiga ham shu tillalar sabab bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda mashhur bo‘lgan “Al-Vakil” guruhidagi ikki qo‘shiqchi yigit 1998-yilning 1-mayida Layloning uyiga go‘yo mehmon bo‘lib kelgan. Laylo ularni tanigani uchun yarim tun bo‘lishiga qaramay uyiga kiritgan. Biroz suhbatlashib o‘tirgach, yigitlar Layloga hujum qilgan va 42 joyidan vahshiylarcha pichoqlab tashlashgan. Qotillar uning barcha tilla taqinchoqlarini, hatto barmog‘idan chiqishi qiyin bo‘lgan uzugini sovun surkab sug‘urib olishgan.

    Qotillar qo‘lga olinib, qamoq jazosiga hukm qilingan. Layloni dafn etishgach, og‘ir musibatni ko‘tarolmay, otasi ham bir oydan keyin vafot etgan. Laylo Aliyevadan yolg‘iz o‘g‘li Jasurbek yodgor bo‘lib qolgan.

    Rejissyor qotili bo‘lgan mardikor yigitlar

    Skan-Multi taxallusi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish Iskandar Aʼzamov 2006-yilda 28 yoshida o‘zining uyida ikki nafar yigit tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirilgan.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Iskandar Aʼzamov 1978-yil 25-yanvarda tug‘ilgan bo‘lib, u kinorejissyor, ssenariynavis va aktyor sifatida ijod qilgan. O‘zbek televideniyesidagi faoliyati 1996-yilda boshlangan. O‘n bir yillik ijodi davomida yuzlab musiqiy videokliplarni suratga olgan. 2003-yil Moskvada, “STS” kanalida postanovkachi operator bo‘lib ishlagan. U “Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanadi” nomli badiiy filmni suratga oladi. Unda asosiy rollarni ijodkorning o‘zi va qo‘shiqchi Sug‘diyona o‘ynagan. Ammo unga o‘z filmining premyerasida qatnashish nasib qilmadi.

    Skan-Multi 2006-yilning 23-iyun kuni o‘z uyida ikki nafar yigit tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, marhumning xizmatini ado etib yurgan mardikor yigitlar Iskandar Aʼzamovning orqasiga va yuragiga bir necha marta pichoq urgan. Qotillarning sanʼatkorni o‘ldirishdan maqsadi pul bo‘lgan. Jinoyatchilar ushlanib, ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlangan.

    Qotillar ichida o‘z o‘g‘li ham bor

    Taniqli suxandon Rahmatilla Mirzayev 2015-yilning 2-mart kuni o‘z uyida o‘ldirib ketilgan. Eng ayanchlisi qotillar orasida o‘z o‘g‘li Umid Mirzayev ham borligi aniqlangan.

    Foto: “Kun.uz”
    Foto: “Kun.uz”

    61 yoshli suxandonning qotili uning uyidagi shkaf ichiga yashirinib olgan. U Zangiota tumanining Chuvalachi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Q. Shoazizov bo‘lgan. Prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchi qo‘lga olinib, voqea yuzasidan tergov ishi olib borildi. Dastlabki tergov davomida jinoyatga suxandonning o‘g‘li ham aloqador ekani aniqlandi.

    Toshkent shahar jinoyat ishlar mahkamasi Qudrat Shoazizov va Umid Mirzayevni qotillikda aybdor deb topib, uzoq yillik qamoq jazolari belgilagan.

    Qudrat Shoazizov 14 yilga, Rahmatilla Mirzayevning o‘g‘li Umid Mirzayev esa 18-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Taniqli dizayner qotillik qurboni bo‘ldi

    Toshkentlik taniqli dizayner va xoreograf Nariman Grigoryan qotillik qurboni bo‘lgan. U 35 yoshida o‘z xonadonida qotillik alomatlari bilan topilgan.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    2020-yilning 14-yanvar kuni, soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga hodisa to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug‘ilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

    Nariman Grigoryan — taniqli o‘zbek dizayneri, xoreografi, “Todes” guruhi birinchi tarkibining sobiq aʼzosi, xalqaro ko‘rgazmalar, tanlovlar va festivallar ishtirokchisi. 2004−2008-yillarda O‘zbekiston Xoreografiya akademiyasida tahsil olgan. U Toshkentda Nariman Grigoryan savdo belgisi ostidagi moda uylariga egalik qilgan.

    Pichoqlangan sportchi Elbek Rahimov

    Aralash kurash jangchisi Elbek Rahimov 2021-yilning 17-avgust kuni Qarshi shahrida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirildi. O‘sha vaqtda sportchi bor-yo‘g‘i 31 yoshda edi.

    Elbek Rahimov (chapda)Foto: Telegram
    Elbek Rahimov (chapda) Foto: Telegram

    Elbek Rahimovning ukasi Akmal Rahimov va Zuhriddin Boymirzayev orasida o‘zaro janjal kelib chiqadi. Elbek o‘z ukasining yonini olib, u yigit bilan kelishmovchilikka borgan.

    Boymirzayev o‘ch olish maqsadida bir guruh yosh yigitlar bilan kelishib 17-avgust kuni ertalab 07:00 atrofida Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uyning eshigi oldida Elbek Rahimovni kutib turishgan. Soat 09:35 lar atrofida Elbek Rahimov uydan chiqqan vaqt ko‘plab guvohlar oldida unga turli temir buyumlar va pichoq bilan tan jarohatlari yetkazishgan. So‘ng, jarohatlangan sportchini mashinaga ortib, Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga olib borishgan. Yetkazilgan tan jarohatlari natijasida Elbek Rahimov shifoxonada vafot etgan.

    Samarqandlik xonanda eri tomonidan o‘ldirildi

    Joriy yilning 26-iyul kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi Zebo ismli xonanda turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi. 

    Foto: Instagram
    Foto: Instagram

    Aniqlanishicha, erkak ayolining oldiga farzandlarini ko‘rish maqsadida kelib, u bilan suhbat davomida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashgan. Janjal vaqtida erkak turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan bo‘g‘ib, o‘ldirgani ma’lum bo‘lgan.

    Holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi erkak ushlangan.

    4 avgust, 17:55   Izoh (0)   1093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pep Gvardiola “Milan” hujumchisini “Manchester Siti”ga olib kelmoqchi

    Sport | 4 avgust, 21:25

    Germaniyalik olimlar yonilg‘i o‘rnini bosuvchi modda yaratib, “toza” raketa qurishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 4 avgust, 21:12

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:53

    AQSHda it egasining yuragidagi muammolarni sezib, uning hayotini saqlab qoldi

    Dunyo | 4 avgust, 20:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.