Surxondaryo viloyati hududidagi “Darband” YPX maskanida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28-iyul kuni soat 23:00 da YPX maskanida Sho‘rchi—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Cobalt yuk xonasi tekshirilgan. Unda 100 kilogrammdan ziyod noma’lum hayvon go‘shti olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu aniqlangan go‘sht mahsuloti tekshirib ko‘rish uchun Boysun tumani veterinariya laboratorisiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib topshirilgan.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu yirik shoxli mol go‘shti iste’molga yaroqsiz bo‘lib, sof vazni 140 kilogrammni tashkil etdi. Mahsulotni Toshkent shahriga sotish uchun olib ketayotgan shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Izoh (0)