“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshrig‘i bilan tizim tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq belgilangan rejalarga asosan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Uzbekistan GTL zavodida mavjud generatorlardan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi texnologik jarayonlarini va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi obyektlarini, “Bateman”, KMPO va “Shimoliy Nishon” siquv-kompressor stansiyalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va elektr uzatish sxemasi, tegishli hujjatlar hamda shartnomalar loyihasi tayyorlandi, “O‘zenergoinspeksiya”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmalari bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun keltirish joizki, Uzbekistan GTL MChJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnomaga asosan, Uzbekistan GTL zavodi tomonidan 2022-yil 1-iyulga qadar 23 million 846 ming kVt/soat elektr energiyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ orqali yetkazib berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati
Izoh (0)