Andijon shahrida navbatdagi “dorifurush” qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
2022-yilning 26-iyul kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Oltinko‘l tumani hududidan o‘tuvchi A-373 magistral yo‘lining “Baxt kanali” oldida harakatlanayotgan Nexia-3 avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilgan.
Avtomashina salonida haydovchi Andijon shahrida yashovchi erkak X.S.ga tegishli jami 30 dona “Regapen” hamda 9 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)