• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Past Darg‘om hokimligi muammoni o‘rgangan blogerni spektakl tayyorlashda aybladi. Viloyat IIB esa blogerga nisbatan tergov harakatlarini boshladi (video)

    Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumani hokimligi murojaatchi ayol muammosini o‘rgangan blogerni spektakl tayyorlashda aybladi. Viloyat IIB esa blogerga nisbatan tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, samarqandlik bloger Jamshid Ismatov ijtimoiy tarmoqda past darg‘omlik ayol Navbahor Ulug‘murodovaning molxonada yashab kelayotgani tasvirlangan video tarqatgan. Videomaterialda ayolning turmush o‘rtog‘i vafot etgani, yashashga boshpanasi yo‘qligi sabab bugungi kunda ukasiga tegishli molxonada yashayotganligi hikoya qilingan.

    “Navbahor turmush o‘rtog‘inikidan qaytib kelganidan so‘ng ota uyida ota-onasi ukasi va kelini bilan birga yashaydi. U ukasi onasi va turmush o‘rtog‘i bilan savdo qiladi. Qizig‘i, molxonadagi tasvirlar aynan uyda hech kim yo‘q payti, xonadon egalaridan so‘roqsiz, ular savdoda bo‘lgan paytda tasvirga olingan. O‘sha payt esa uyda ukasi Qobilning oq bilan qoraning farqiga bormaydigan o‘g‘li bo‘lgan, xolos. Navbahor yaqinlarining aytishicha tasvirga olib bo‘lingach, ayolni uning yaqinlaridan so‘ramay uyidan olib chiqib ketgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Deylik, Navbahor og‘ilxonada yashayotgan ekan blogerlar nima uchun onasi, ukasi yoki qo‘ni-qo‘shnilarning birortasidan holatga izoh so‘ramadi. Aksincha hech bir yaqinlari ishtiroksiz tasvirga olishni tashkillashtirdi?”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

    Lavhada ta’kidlanishicha, Navbahor molxonada yashamagan. Eri vafotidan so‘ng mehrsizlikda ayblanayotgan ukasi Qobilga uch nafar farzandini tashlab, Rossiyaga ketgan va oradan yetti oy o‘tib, qaytib kelgan. Hamda ukasining xonadonida yashagan.

    Hokimlik axborot xizmati mas’ullari tomonidan tayyorlangan videolavhada “Navbahorni adashibdi dersiz, nima uchun Jamshid Ismatov birovning shaxsiyati bilan o‘ynashdi. Uning birgina noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishi ortidan bugun butun bir oila nomiga dog‘ tushib, el oldida sharmanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi-ku”, deyiladi. Ammo hokimlik ham videolavhasida na murojaatchi ayolning va na blogerning fikrini beradi.

    Mazkur savolga javob bergan Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Sonniboyev avvaliga murojaatchi ayol videoda izoh berishni istamaganini aytgan bo‘lsa, keyinchalik murojaatchi ayol bilan umuman ko‘rishmaganini tan oldi.

    “Murojaatchi ayoldan nega bunday yolg‘on axborot tarqatilayotgani haqida so‘raganimizda, u videoda bunga izoh berishni istamasligini aytdi. Blogerga esa nega bunaqa yolg‘on axborot tarqatdingiz, ayolning uyi bor ekan-ku, deb savolim berishim ahmoqlik bo‘lardi”, — deydi Olim Sonniboyev “Daryo” bilan muloqotda.

    Samarqandlik bloger Jamshid Ismatov esa murojaatchi ayol uchun homiylar ko‘magida uy qurib bitkazganini, tez orada ayolga topshirilishini aytib, “men bor voqeani olib chiqdim”, deydi.

    Blogerning qo‘shimcha qilishicha, murojaatchi ayolning marhum turmush o‘rtog‘idan qolgan uyda yashash niyati yo‘q.

    “Ayolga uydan chiqib ketish talabi qo‘yilgan. Va hatto po‘pisa qilishib, uydan chiqib ketmasa majburlab, unga tuhmat qilib bo‘lsa-da, uydan haydashlarini aytishgan. Shuning uchun bechora ayol xalqdan yordam so‘radi. Hash-pash deguncha uy ham bitdi”, — deydi Jamshid Ismatov.

    “Daryo” muxbiri blogerning gaplari qanchalik to‘g‘ri ekaniga aniqlik kiritish maqsadida murojaatchi ayol bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlarni izladi.

    Bunga javoban bloger murojaatchi ayol bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan raqamlarni berolmasligini aytib, “Hozir men murojaatchi ayolning yoniga borib, telefonim orqali Siz bilan gaplashtiraman va barcha gapni o‘zidan so‘raysiz”, dedi. Biroq keyinchalik telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    27.07.2022, 20:25   Izoh (0)   42518
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda daryoda oqib ketayotgan 8 yoshli bola qutqarildi

    27.07.2022, 20:16

    Farg‘onada 28 yoshli yigit ijaradagi uyida qo‘shmachilik qilgani aniqlandi (video)

    27.07.2022, 20:05

    Jizzaxda sex tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 272 mln so‘m zarar yetkazdi

    27.07.2022, 19:51

    Andijonda ayol 2800 dona kuchli ta’sir etuvchi dori saqlab yurgani aniqlandi

    27.07.2022, 19:35

    Toshkentda avgust oyida SHHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlari forumi bo‘lib o‘tadi

    27.07.2022, 19:24

    Andijonda MCHJ ta’sischilari kredit mablag‘larini talon-toroj qildi

    27.07.2022, 19:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.