Namangan viloyati Pop tumanida 27-iyul kuni daryoda oqib ketayotgan 8 yoshli bola qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda “Chig‘anoq” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganini ko‘rib qolgan. Qutqaruvchilardan biri darhol suvga sho‘ng‘ib, uni suvdan olib chiqqan.
Hozirda bolaning holati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘radi.
Izoh (0)