Andijonda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat jinoyat-qidiruv boshqarmasi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar amalga oshirilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon tumanida yashovchi muqaddam sudlangan, noqonuniy dori sotish bilan shug‘ullanuvchi Y.Sh. shu tuman hududida o‘zini shubhali tutgani uchun yoni ko‘zdan kechirilganida qo‘lidagi sumkasida 560 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, yashash uyi ko‘zdan kechirilganida 2240 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlayotgani ma’lum bo‘ldi. Tadbir davomida jami 2800 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)