“Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde “Barselona”ga o‘tadi.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, klublar transfer borasida kelishuvga erishgan. Kataloniyaliklar futbolchi uchun “Sevilya”ga 50 million yevro to‘lab beradi. Andalusiyaliklar yana 10 million yevroni bonus sifatida olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” ham himoyachiga qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” Kunde uchun 65 million taklif qilgan. Ammo londonliklar bu pulni bo‘lib to‘lash va bonuslar sifatida bermoqchi edi. Kataloniyaliklar esa bunday qilmoqchi emas.
Jyul Kunde ortda qolgan mavsumda “Sevilya” tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazgan.
Izoh (0)