“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Lionel Messini jamoaga qaytarishni so‘radi.
Murabbiy kataloniyaliklar prezidenti Xoan Laportadan “PSJ” hujumchisini ortga qaytarishni so‘ragan, deya xabar beradi Diario Sport.
Xavi Messining “PSJ” bilan shartnomasini yakuniga yetgach, “Barselona”ga kelib qo‘shilishini xohlamoqda.
Argentinaliklar futbolchining Parij klubi bilan shartnomasi 2023-yilda o‘z nihoyasiga yetadi, undan tashqari bitimni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud.
Xavining fikricha, Messining jamoaga qaytishi “ko‘k-anorranglilar”ga moliyaviy jihatdan ham, sport jihatdan ham muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi va “Barselona” yangi bitim borasida kelishganiga qaramay, moliyaviy va tizimli to‘siqlar tufayli shartnoma imzolanmadi. Natijada argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safini tark etib, “PSJ”ga o‘tgandi.
Izoh (0)