Krishtianu Ronaldu autizmdan aziyat chekayotgan insonlarga ko‘mak beruvchi xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi Manchester Evening News.
“Manchester Yunayted” hujumchisi autizm bilan kasallangan va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlovchi, Manchesterda joylashgan “I Am” fondiga xayriya qildi.
“Bu Krishtianu tomonidan qilingan mehribonlik va saxovat harakati edi. Biz buni juda qadrlaymiz.
Tashkilotimiz xuddi oilaga o‘xshaydi, ehtimol, bizning maqsadlarimiz oilani barcha narsadan ustun ko‘radigan Ronaldu bilan mushtarak bo‘lgandir”, — deydi jamg‘arma rahbari Helen Boden.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)